TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda neft va gaz qazib olish kamaydi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, O‘zbekistonda neft qazib olish 2019-yilda 2018-yilga nisbatan 6,3 foizga – 698,6 ming tonnagacha, tabiiy gaz – 1,6 foizga, 59,46 milliard kub metrgacha pasaygan.
2019 yilda gaz kondensatini qazib olish 2,2 foizga - 2,098 million tonnagacha pasaygan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 1,025 million tonna (o‘tgan 2018-yilga nisbatan 10,6 foizga kam), dizel yoqilg‘isi - 1,031 million tonnani (4,6 foiz kam) tashkil etgan.