Bundestag energetikada ko‘mirdan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qonun qabul qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPosetiteli na smotrovoy ploshadke Reyxstaga.
Posetiteli na smotrovoy ploshadke Reyxstaga. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma kuni Greenpeace faollari ushbu qonunchilik loyihasi muhokamasi kechayotgan reyxstag binosi tomiga chiqib, "Ko‘mir energetikasisiz kelajak", deya yozilgan transparantni ilib qo‘yganlar.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Bundestag juma kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda 2038-yilga kelib energetika sohasida qazilma ko‘mirdan foydalanishni ta’qiqlashni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda ovoz berish natijalari ko‘rsatmoqda.

Rabota shaxterskoy smeni v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Gaz o‘rniga ko‘mir: O‘zbekistonda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda tajriba o‘tkazildi

Deputatlar ikkita qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berganlar: bittasi ko‘mir energetikasi energiya quvvatining asosiy manbai bo‘lgan mintaqalarni tuzilmaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ushbu hujjat islohotlar tufayli Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saksoniya-Anxalt, Saksoniya va Brandenburgda ish o‘rinlarini yo‘qotadigan yoshlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Ikkinchi qonun loyihasi - qazilma ko‘mirdan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risidagi asosiy hujjatdir.

Ushbu qonun 2038-yilga kelib ko‘mir energetikasidan chiqishni nazarda tutadi. Shu tariqa, hukumat komissiyasi tomonidan tuzilgan "ko‘mir komissiyasi" deb nom olgan "O‘sish, tuzilmaviy o‘zgarishlar va ishga joylashish" tavsiyalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

2022 yilga kelib qazilma ko‘mirdan olidanidan energiya 15 gigavattga, 2030-yilga godu - yana 16 gigavattga kamaytiriladi.

Pogruzka uglya v vagoni na kamennougolnom razreze - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ko‘mir sanoati Rossiya kompaniyasi bilan birgalikda rivojlantiriladi

Federal tarmoq agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda ko‘mirdan ishlab chiqariladigan elektr manbai 42 gigavattni tashkil etgan.

May oyida e’lon qilingan Federal statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi kvartalda umumiy ishlab chiqarilgan ko‘mir energetikasi ulushi 22,3%ni, shamol elektrostansiyalari esa xuddi shu davrda ilk bor birinchi o‘ringa chiqqan. Qonunloyihasi ko‘pchilik tomonidan ma’qullangan.

Jami 354 kishi ovoz bergan, 314 nafar deputat qonunni ma’qullagan, 37 nafari qarshi ovoz bergan, 3 nafari betaraflikni saqlab qolgan.

Dobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2-yil ichida ko‘mir qazib olish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi

Ushbu qonunga Germaniya ekologiya faollari qarshi chiqishmoqda. Ularga ko‘ra, 2038 2038-yil ko‘mirdan voz kechish uchun juda kechiktirilgan muddatdir, ularning bir qismi TESlarni 2025-yilga kelib yopish kerakligini ta’kidlasa, ayrimlari 2030-yilgacha amalga oshirish kerakligini qayd etmoqda.

Faollar ushbu masalada norozilik aksiyalarini amalga oshirmoqda, xususan, kuni kecha Extinction Rebellion va Jugendrat harakatlari faollari Bundestag koridorida shovqinli aksiyani uyushtirib, o‘zlaridan bir necha metr narida turgan kansler Angela Merkelni shoshirib qo‘ydilar.

Videoda hukumat rahbari yosh ekologlarning keskin shovqini va faolligidan seskanib ketganligi aniq aks etgan. Juma kuni Greenpeace faollari ushbu qonunchilik loyihasi muhokamasi kechayotgan reyxstag binosi tomiga chiqib, "Ko‘mir energetikasisiz kelajak", deya yozilgan transparantni ilib qo‘yganlar.

Yangiliklar lentasi
0