O‘zbekiston 2-yil ichida ko‘mir qazib olish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishDobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae
Dobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning iyul oyida Shavkat Mirziyoyev respublika ko‘mir sanoatini "O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ ixtiyoriga topshirish haqida qaror qabul qilgan edi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yildan boshlab ko‘mir qazib olish hajmini keskin oshirishni niyat qilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatidagi Shargun ko‘mir konida yillik ko‘mir qazib olish hajmi bugungi 150 ming tonnadan 900 ming tonnaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

Otgruzka uglya v vagoni na shaxte - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi ko‘mir konlari qurilishi boshlanadi

"O‘zbekiston Temir yo‘llari" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi ushbu loyihani amalga oshirishga kirishdi. Xitoylik mutaxassislar umumiy uzunligi 1,5 ming kilometr bo‘lgan eski ko‘mir shaxtalarini qayta tiklash hamda 2,2 km yangi tunnellar qazish hisobidan qo‘shimcha miqdorda xom-ashyo qazib olishni rejalashtirishgan.

Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million dollarni tashkil qiladi. Tayyorlov ishlari  2020 yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan. Shagunko‘mir mahsulotini tashish uchun 20 kilometrli temiryo‘l quriladi va mavjud yo‘llar ta’mirlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Shargun konida ko‘mir zahiralari 33 million tonnadan ortiq. Bu respublikadagi eng boy kon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi ko‘mir qazib oluvchi mamlakatlari Xitoy, AQSh, Hindiston, Germaniya, Rossiya va Ukraina hisoblanadi. O‘zbekiston ham yaqin yillarda ushbu ro‘yxatdan joy olishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0