O‘zbekiston ko‘mir sanoati Rossiya kompaniyasi bilan birgalikda rivojlantiriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPogruzka uglya v vagoni na kamennougolnom razreze
Pogruzka uglya v vagoni na kamennougolnom razreze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekko‘mir” AJ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida prezident qaror loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini amalga oshirish chora tadbirlari haqida prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Dobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2-yil ichida ko‘mir qazib olish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi

Qaror loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning  “O‘zbekko‘mir”  AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini ishonchli boshqaruvga berish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida “ProgressGorTex” MChJ  sho‘’ba ho‘jalik jamiyati tashkil etish uchun “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya) sho‘ba ho‘jalik jamiyatini jalb etishga rozilik berilishi mumkin.

"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ikki oylik muddatda ishonchli boshqaruvchi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning  “O‘zbekko‘mir”  AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini 3-yil muddatga  ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha muzokara o‘tkazsin va shartnoma tuzilishini ta’minlasin", - deyilgan loyihada. 

Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ biznes rejasi ko‘rsatgichlari barilsa shartnoma muddatini uzaytirilishi mumkin.

Qaror loyihasi 28-noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0