Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Pekin
Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Xitoy parlamenti Gonkong xavfsizligi bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Xitoy boshqa davlatlarni Gonkong ishlariga aralashishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda juma kuni o‘tgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Liszan ma’lum qildi.

Zasedanie Soveta bezopasnosti OON. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Gonkongdagi vaziyatni BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilishdan bosh tortdi

"Tegishli davlatlar Gonkong ishlariga va XXR ichki ishlariga dag‘allik bilan aralashmoqdalar, Xitoy buni qoralaydi va qat’iy protest bildiradi, biz tegishli mamlakatlarga taqdimnoma kiritdik... Biz barcha tegishli mamlakatlarni Xitoy suverenitetini hurmat qilishga va Gonkong ishlariga aralashishga bo‘lgan har qanday urinishlarni to‘xtatishga chaqiramiz", - deb qayd etdi diplomat Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSh TIVining umumiy bayonotiga izoh berar ekan.

Ilgariroq Xitoy parlamenti Gonkon xavfsizligi bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Hujjat avtonomiya uchun maxsus ishlab chiqilgan va buzg‘unchilik va separatistik faoliyatga, shuningdek, markaziy hukumatni ag‘darishga qaratilgan fitnalarning har qanday turini, terrorizm va chet eldan aralashuvni ta’qiqlashni nazarda tutadi.

Bu Gongkong hukumatga qarshi kuchlari hamda qator g‘arb mamlakatlarining noroziligini keltirib chiqardi.

Sal oldin Sputnik radiosi Xitoy AQShning Gonkong yuzasidan qilgan tahdidlariga qat’iy javob qaytargani haqida xabar bergan edi. Birlashgan Qirollik, Avstraliya, Kanada va AQShning qo‘shma bayonotida XXR hukumatining Gonkong uchun milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning ishlab chiqarilishi haqidagi qarori Britaniya va Xitoy o‘rtasida imzolangan mintaqa avtonomiyasi haqidagi deklaratsiya nizomlariga tamomila zidligi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0