TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Ijevsk shahri ma’muriy sudi Rossiya Savdo va sanovat vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zavyalovning ishini ko‘rib chiqib, unga 2 rubl jarima yozdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishicha Zavyalov Ijevsk shahri aeroportida, o‘rnatilgan xavfsizlik talablariga rioya qilmaslikda ayblangan. Amaldor 5-aprel kuni aeroportga kirish vaqti aviachiptasini ko‘rsatmagan va politsiya xodimiga hurmatsizlik qilgan.
Ushbu voqea aks etgan video internetda keng tarqalib ketganidan so‘ng, “Yedinaya Rossiya” partiyasi uni o‘z safidan chiqargan edi. Bu ham yetmagandan sanoat va savdo vaziri Zavyalovning bu qilmishi qoralab chiqqan edi. Birozdan so‘ng uni ishdan ham bo‘shatishdi, rasman “lavozim bekor qilinishi munosabati bilan”.
Darhaqiqat, Rossiyada oxirgi vaqtlarda fuqarolar va oddiy mavqedagi davlat xizmatchilarini mensimagan amaldorlarga nisbatan tez va keskin choralar ko‘rilmoqda. Chuvashiya Respublikasi gubernatori Mixail Ignatyev ishi esingizdami? Yangi mashinalar kalitini o‘t o‘chiruvchilarga topshirish vaqtida gubernator kalitni baland ko‘tarib o‘t o‘chiruvchini sakrashga majbur qilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning ushbu harakati “mensimaslik” deb baho berildi va qattiq qoralandi. Gubernator “ishonchni yo‘qotgani” sababi bilan ishdan olindi.
Xuddi shunday taqdir o‘zini tutishni bilmagan san’at va sport yulduzlarlarini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
O‘tgan yili Rossiya terma jamoasi a’zolari Kokorin va Mamev kafeda uyushtirgan janjali uchun bir necha oy qamoqda o‘tirib chiqqan edi.
Yaqinda taniqli aktor Yevremov ishtirokida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha surishtiruv haligacha davom etmoqda. Jamoatchilik tomonidan aktorning ushbu harakati qattiq qoralanmoqda. Aktor og‘ir kasalligi tufayligina uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.
Kechagina yana bir “yulduz” sobiq balerina Anastasiya Volochkova ham karantin tufayli kirish ta’qiqlangan ayollar monastiriga kirib borgani va politsiya xodimlariga mensimaslik qilgani ma’lum bo‘ldi. RIA Novosti xabariga ko‘ra Volochkova va uning haydovchisini sud va jarima kutmoqda.