Mixail Yefremov qismati kimga ibrat bo‘lishi kerak

© Press-slujba Taganskogo suda / Mediabankka o‘tishIzbranie meri presecheniya Mixailu Yefremovu
Izbranie meri presecheniya Mixailu Yefremovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 iyun kuni Mixail Yefremovni avtohalokatga olib kelgan alkogolizm emas, balki o‘ziga nisbatan vijdonli bo‘lishni istamasligi yoki aniqrog‘i, imkonsizligi.

Aktor Mixail Yefremovning aybi bilan uning tengdoshi, kuryer Sergey Zaxarov halok bo‘lgan "mast avtohalokat" - taniqli shaxs ishtirokidagi fojiali voqeadan kutilgandan ham jamiyatda ko‘p hayajonlarni qo‘zg‘atdi. Barchasi shunchalar chalkashib ketdiki, ijtimoiy munosabatni bir necha mavzu va darajalarga ajratishga urinib ko‘rish kerak.

DTP na trasse Samarkand - Karshi - Sputnik O‘zbekiston
"Samarqand - Qarshi" yo‘lidagi yirik avariya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Eng oddiy, va afsuski, bu odamlarga xos bo‘lgan - Yefremovning hammaga ma’lum bo‘lgan ichkilikbozligi ertami-kechmi uni biror fojiaga olib kelardi. Xuddi shu tarzda, u mast holatda avtohalokatda o‘zi nobud bo‘lishi yoki o‘zi bilan birga boshqa odamlarning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin edi, ammo u uchun deyarli eng yomon variant yuz berdi: u tirik va sog‘-salomat, ammo uning aybi bilan odam o‘ldi. Yefremov bu bilan bundan keyin qanday yashaydi, qanday qilib gunohi kechirilishi uchun iltijo qilib, o‘z aybi uchun aziyat chekib yashaydi - bu uning shaxsiy fojiasi va shaxsiy ishi, va bu ishining intiqomi haqida endi hech kim (shu jumladan o‘zi ham) bilmaydi va faqat bu ishida Xudo unga hakam. Hozirda uni la’natlash yoki unga achinish Yefremovga emas, balki bu his-tuyg‘ularni bildirayotganlarga zarur.

Ammo davlat bunday hollarda qattiq jazolaydi - va aynan shu yerda ijtimoiy ehtiroslarning ikkinchi darajasi boshlanadi. Jazolashadimi yoki "bosdi-bosdi" qilishadimi? Jazo - besh yildan 12-yilgacha, shu bilan birga hamma biladiki, ba’zida ko‘rsatilgan quyi muddatdan ham pastrog‘i tayinlanishi mumkin, haqiqatan ham yengillashtiradigan shartlar bo‘lsa, hamda sud bilan korrupsion yoki apparat kelishuv "qobiliyati" bo‘lganda. Ba’zilar mashhurlik va kuchli do‘stlar Yefremovni javobgarlikdan qochishga yordam berishiga ishonmoqda. Boshqalar esa mast holatda haydashga (Rossiyada har yili 4 ming kishi mast haydovchilarning aybi tufayli halok bo‘ladi) va elitaning oshkor qilinmagan imtiyozlariga qarshi kurashni namoyishkorona qat’iy jazo talab qilinishini ta’kidlaydilar. Aslida, Yefremovning mashhurligi unga yengil qo‘rquv bilan - shartli hukm bilan jazodan qochishi ehtimolini keskin kamaytiradi. Agar bunday baxtsiz hodisa taniqli aktor bilan Moskvaning markazida emas, aksincha uzoqroq viloyatda mashhur bo‘lmagan mast kishi bilan ro‘y berganida, uning qutulib chiqishi imkoniyati faqat ichki ishlar hodimlari va sudalarning korrupsiyasiga moyilligiga bog‘liq bo‘lardi. Bu holat yildan-yilga kamayib bormoqda – shuningdek, amaldor yoki ichki ishlar xodimlarining mast avtohalokat uyushtirgan hamkasblari yoki qarindoshlarini "yopish" imkoniyati ham kamayib bormoqda.

Sgorevshiy posle avarii v Tashkente avtomobil BMW - Sputnik O‘zbekiston
Odamlar tiriklay yongan avariya haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

Ammo Yefremov ishining jamiyatda aks-sadosi shuni anglatadiki, na hukumat va na sud tizimida hech kim "alkogolizmga chalingan Yefremov" jazosini hatto yengillashtirishga harakat ham qilmayapti (mish-mishlar uchun yana bir mavzu - u kasalku, unga haydovchilik guvohnomasi qayday berildi-uzaytirildi?). Aksincha, bu holatda, Yefremovning mashhurligi unga qarshi chiqishi mumkin, ya’ni unga maksimal muddatni talab qilishlari mumkin. Yana gap shundaki, yengillashtirish to‘g‘risida ko‘plab so‘rovlar bo‘ladi, sud ularni albatta hisobga oladi. Shunday qilib, Yefremov o‘tiradi – o‘z qilmishiga yarasha va boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun.

Bu ibratning hech yomon tomoni yo‘q - faqatgina shu tarzda jamiyatdagi muhit o‘zgaradi. Jamiyatni tinchlantirish yoki qo‘rqitish uchun namoyishkorona sudlarini tashkil qilish mumkin emas. Ammo bu holda, yaqinda bo‘lgan futbolchilar Kokorin va Mamayev janjali kabi, "boylar va taniqlilar" sudlanuvchiga aylanib, qonun oldida hamma bilan teng ravishda javob berishi bilan "namoyishkoronalik" o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Shu bilan birga bu "namoyishkoronalik" nafaqat jamiyat axloqi va kayfiyati uchun muhim (ya’ni ko‘pchilik hukumatning "hamma uchun adolat"ga erishishga bo‘lgan qat’iy istagini ko‘rishi uchun), balki bir qismi o‘zini qonundan baland deb chin dildan hisoblaydigan elita ozchilikligi uchun ham juda muhimdir. Bunday "boshqacha"lar nafaqat amaldorlar orasida – aynan ularning faoliyati ustidan nazorat (davlat va jamoat) yildan-yilga ortib bormoqda. Mansabdorlar korporatsiyasi (keng ma’noda sudyalar va ichki ishlar xodimlarini hisobga olgan holda) o‘zlarinikiga nisbatan tobora qattiq talablar qo‘ymoqda. Albatta, bu yerda hali ish ko‘pligi tabiiy - ammo Putin aynan shu ustida asta-sekin, ammo barqaror ish olib bormoqda.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda mudhish avariya: to‘rt inson halok bo‘ldi

Yo‘q, elitaga oligarxlar, yulduzlar va ziyolilarning "eng zo‘r odam"lari ham kiradi, ularning ahloqiy tamoyillarini “boshliqlari” shakllantiriladi va baholaydi, shuningdek boshqa amaldorlardan farqli o‘laroq beparvo va xalqdan nafratlanadigan sex "korporatsiyalar". Mixail Yefremov ham elitaning ushbu qismiga tegishli bo‘lib, shuningdek unga "fuqaro shoir" roli berildi, bu deyarli millatning fuqarolik vijdoni roli. Ammo, kino aktori sifatida Yefremovni taniganlarning ko‘pi bilan o‘n foizi uning ijodining bu jihati to‘g‘risida bilishgan, ammo "eng yaxshi odamlar korporatsiyasi" uchun aynan bu jihat u siyosiy nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lgan.

Ammo har holda, xalqning nazarida, Yefremov har qanday gubernatorga qaraganda ancha elitar.

Shuning uchun, Yefremov ishida siyosiy tarkibni o‘ynashga urinishlar juda ahmoqlikdir – unchalik dono bo‘lmagan "rejim bilan kurashchilar" amaldorlar yoki qarindoshlari aralashgan bunga o‘hshash mast avtohalokatlardan noroziliklar qani deyishganida. Ammo, deylik Davlat Dumasi mast deputati yoki gubernator birontasini o‘ldirib qo‘ygani kabi shunga o‘hshash hodisa ro‘y bersa - ular haqida hech bo‘lmaganda biror narsa ma’lum bo‘lar edi (shu bilan birga, barcha katta amaldorlar haydovchilari bilan birga yurishlari aniq). Ammo ohirgi yillarda mintaqaviy o‘rtamiyona amaldorlar bilan yuz bergan alohida voqealardan tashqari esga olib bo‘lmaydi. Agar aybdorlardan biri javobgarlikdan qutulgan bo‘lsa, demak, bu qandaydir oligarx  mashinasida odamlarni bosgan  o‘g‘lini himoya qilib qolishi bilan bir xil muammo. Bu muammo "hukumattning qonun oldida javob bermasligi" siyosiy muammosi emas, balki aynan sud va xuquqni muhofaza qilish tizimining korrupsiya muammosi.

Xuddi shu tarzda, vaziyatni siyosiylashtirishga qaratilgan yana bir urinish - butun elitani xalqqa qarshi qo‘yish hisobiga - soxta. "Oddiy rus insonini haddidan oshgan va qonunga rioya qilmaydigan elita o‘ldirdi – buning yana qanday ramzi bo‘lishi mumkin? Endi hukumat o‘zlaridan birini bittasini yopib turadi uning tarafini oladi. Biz: “Ruslarning hayoti katta ahamiyatga ega!” Agarda hukumat adolatsizlikka yo‘l qo‘ysa – Rossiyada, Amerikada bo‘lganni singari qo‘zg‘olon bo‘ladi!"

Massovoe DTP v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 16 avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

Ha, bizning elitamizning bir qismini haqiqatan ham parazitar, axloqsiz va hatto rusofob deb atasa bo‘ladi - ammo bu o‘tib ketayotgan "elita". Biz xohlaganimizdan sekinroq bo‘lsa ham, u barqaror ravishda o‘z mavqeyini va ta’sirini yo‘qotmoqda, o‘tmishga aylanmoqda - va buni o‘zi ham juda yaxshi tushunib turipti. U qancha ko‘p yo‘qotsa, u shunchalar baland bong uradi va atrofni la’natlaydi, shunchalar g‘alayonni ko‘tarib, kelajakka har qanaqasiga yopishib, mamlakat harakatining yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Ammo hech qaysinisi ish bermaydi, hammasi behuda. Shu fonda, ushbu ketayotgan jinsning ba’zi afsonaviy "qasosidan" qo‘rqish, va ayniqsa, hukumat uning yugurdagi bo‘lib xizmat qilishi hayratlanarli.

8 iyun kuni Mixail Yefremovni avtohalokatga olib kelgan alkogolizm emas, balki o‘ziga nisbatan vijdonli bo‘lishni istamasligi yoki aniqrog‘i, imkonsizligi. U o‘ziga: "ichkilikbozlik mendan kuchliroq bo‘ldi, men bu chiroqning quliman" deb ayta olmadi. Natijada, uning ojizligi va gunohlari tufayli, yo‘lning narigi betida kelayotgan Sergey Zaxarov halok bo‘ldi. Rossiya elitasining bir qismi kasalliklari va muammolari Rossiyaning harakat yo‘nalishini o‘zgartira olmaydi, chunki biz nafaqat turli yo‘nalishlarda, balki harakatning har xil darajalarida turibmiz. Ba’zilar o‘tmishga, boshqalar - kelajak sari yo‘l olgan.

Yangiliklar lentasi
0