TOShKENT, 26-may — Sputnik. Chuvashiya Respublikasining sobiq rahbari Mixail Ignatyev Rossiya Oliy sudiga ariza berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Arizada sobiq gubernator o‘zining iste’foga chiqarilishini noqonuniy deb hisoblashi va ushbu ishni ma’muriy tartibda qayta ko‘rib chiqish kerakligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chuvashiyaning sobiq gubernatori Ignatyev, FVV xodimiga yangi avtomobil topshirish vaqtida kalitni baland ko‘tarib xodimni sakrashga majbur qiladi. Internetda tarqalgan ushbu video ko‘pchillikning g‘azabini keltirgan edi. Shundan so‘ng Rossiya preziyednti Vladimir Putin Ignatyevni "Ishonchni yo‘qotish munosabati bilan" lavozimidan bo‘shatgan edi. O‘shanda sobiq gubernator "bu hazil edi, biz FVV rahbari bilan anchadan beri do‘stmiz" degan edi.
Chuvashiya Respublikasida gubernator saylovi 2020-yil 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi Oleg Nikolayev ham ishtirok etishni rejalashtirgan.