Atambayevda pnevmoniya aniqlandi, u kasalxonaga yotqizildi - GKNB

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev. Arxivnoe foto
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga topshirilgan test salbiy natija ko‘rsatgan. 29-iyun kuni sobiq prezidentni sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli kasalxonaga yotqizish qarori qabul qilingan

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevda ikki tomnlama pnevmoniya aniqlandi, u statsionar davolanishga olindi, deb xabar berdi mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GNKB)ga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston.

Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov Atambayev haqida: uning taqdiriga befarq emasman

29 iyun kuni Atambayev o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgach, undan koronavirusga test olishgan. Ammo test salbiy natija ko‘rsatgan, deyiladi xabarda.

Shu kunning o‘zida shifokorlar onlayn konsiliumi o‘tkazilgan va Atambayevga "kasalxonadan tashqarida yuzaga kelgan ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi qo‘yilib, sobiq prezidentni statsionar davolanishga yotqizishga qaror qilingan.

GNKB SIZOsida uchrashuvlar va qabullar oynali to‘siq orqali o‘tkazilishi tavsiya etilgan, shu bois jismoniy kontakt holati istisnodir, deya eslatib o‘tadi idora.

GNKBning ma’lum qilishicha, oxirgi haftalarda Atambayev bir necha marotaba o‘z advokatlari va yaqinlari bilan uchrashgan, ular sobiq prezidentga hujjatlar va buyumlarni shaxsan topshirganlar.

Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Prokuror Batukayev ishi bo‘yicha Atambayevga 15-yil qamoq so‘radi

GNKB ma’lumotiga ko‘ra, virusli infeksiyaning alohida belgilari aniqlangan advokat Zamir Jooshev Atambayevning yaqin qarindoshi bilan aloqada bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Atambayev qarindoshi hozirda Issiq-Ota tumanidagi kasalxonada davolanmoqda.

SIZOning o‘zi odatiy ishchi tartibda faoliyat yuritmoqda, barcha xodimlar tekshiruvdan o‘tgan, koronavirus ularda aniqlanmagan, deya qo‘shimcha qiladi idora.

O‘tgan haftada sud Atambayevni kriminal avtoritet Aziz Batukayevni ozod etish bo‘yicha ish yuzasidan aybdor deb topib, uni davlat mukofotlari va mulkini musodara qilib, 11-yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi". Shuningdek, unga qarshi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi voqealar bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0