Jeenbekov Atambayev haqida: uning taqdiriga befarq emasman

© Pravitelstvo KRSooronbay Jeenbekov
Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi va uning taqdirini sud hal qilishini qayd etdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

“Bu oson emas. Men prezident bo‘ldim va biror marta uning ommaviy hujumlariga munosabat bildirmadim. Men uchun davlat yaxlitligi muhimroq. O‘zingiz baho berasiz. Mamlakatni ajratish, hokimiyatni egallashga chaqiriqlar bo‘ldi.  Men uning o‘zi to‘xtashini kutdim, lekin Atambayev barchani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Endi hammasini qonun hal qiladi. Bu savol mening vakolatimga kirmaydi. Hammasini ikkalamiz birgalikda hal qilishimiz mumkin bo‘lgan chegara allaqachon bosib o‘tilgan ”, - dedi Jeenbekov matbuot anjumanda.

Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘rnidan turib ketdi – advokat GKNB binosidagi sud haqida

Qirg‘iziston rahbari insonlar guruhi manfaatlarini emas, balki xalq manfaatlarini himoya qilishini aytgan. Prezident Xudodan qo‘rqishi va to‘g‘ri ishlashga harakat qilishini qo‘shimcha qilgan.

Atambayevning hisbga olinishi

7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot amalga oshirildi, ammo u uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy amaliyotni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Xuddi shu kuni 26-avgust sanasiga qadar Atambayevni GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan. Hozirda Atambayevga qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblovlar qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0