Prokuror Batukayev ishi bo‘yicha Atambayevga 15-yil qamoq so‘radi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti sudda ishtirok etmagan, chunki uni sudya sud majlisidan chiqarib yuborgan edi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Davlat ayblovchisi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha Qirg‘istonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 15-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi.

Sputnik Qirg‘iziston nashrining yozishicha, ushbu ma’lumotni Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi tasdiqlagan. Sud majlisi bugun bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, prokuror Atambayevning mol-mulkini musodara qilish, uni davlat mukofotlari va unvonlaridan mahrum qilishni so‘ragan.  

Ish vaqti yakunlangani bois sud muhokamasi 18-iyunga qoldirilgan.

Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev  - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayevning sud majlisida mazasi qochdi

Avvalroq sudya Almazbek Atambayevni sud majlisi tartibini buzganligi uchun zaldan chiqarib yuborgan edi. Bunga qadar siyosatchi majlisda ishtirok etishdan bosh tortib, bir necha marta turib ketib qolgandi.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006-yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16-yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006-yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013-yil 9-aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17-aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan so‘roqqa kelish to‘g‘risida uch marta chaqiruv qog‘ozi yuborilgan edi. Qirg‘iziston IIV ta’kidiga ko‘ra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish to‘g‘risida farmon bergan. Sobiq prezidentning so‘roq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qo‘lga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi. Unda bir harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi. Mazkur hodisalar yuzasidan ham jinoiy ish ochilgan va Atambayev ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0