Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© AP Photo / Kin CheungAmerikanskiy dlllar i yuan
Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dollarga bog‘liqlik sababli Xitoy AQSh sanksiyalari oldida himoyasi zaif, deb hisoblaydi XXR qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fan Sinxay.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Xitoy AQSh sanksiyalari tufayli dollar to‘lov tizimidan ehtimoliy uzilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozim, dedi Xitoyning qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Fan Sinxay.

Banknoti dollarov SShA razlichnogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston
2021 yilda dollar qulaydi - amerikalik iqtisodchi

Uning fikriga ko‘ra, AQSh sanksiyalarni kuchaytirish maqsadida Xitoyga dollardan hisob-kitob vositasi sifatida foydalanishni taqiqlashi mumkin.

Sinxayning so‘zlariga ko‘ra, SWIFT banklararo to‘lov tizimi va CHIPS telekommunikatsiya tizimidan foydalanish haqida gap ketmoqda.

"Biz (o‘chirish uchun - tahr.) oldindan tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim, haqiqatdan, nafaqat psixologik jihatdan", -  deb ta’kidladi Xitoy qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

Sinxay ta’kidlashicha, dollarga bog‘liqligi sababli Xitoy AQSh sanksiyalari oldida himoyasi zaif.

Bundan tashqari, kelajakda AQSh valyutasining qadrsizlanishi ehtimoli yuqori, bugungi kunda mamlakatda chet elda moliyaviy bo‘lmagan investitsiyalar shaklida qariyb 2 trln dollarga ega, deydi u.

“Agar xorijiy aktivlarimiz yuanda bo‘lganida, unda bunday xavotirlar bo‘lmas edi (dollar qadrsizlanishi borasida – tah.). <...> Yuanni internatsionalizatsiyasi - tashqi moliyaviy bosimning o‘rnini qoplagan bo‘lar edi”, - deb xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0