TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH maʼmuriyatiga xitoylik amaldorlarga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllashga imkon beradigan uygʻurlar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
“Uygʻurlarning huquqlariga oid siyosat toʻgʻrisidagi” 2020 yildagi qonun” Xitoyning Shinjon mintaqasidagi baʼzi etnik musulmon ozchiliklarning inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishini qoralaydi va boshqa maqsadlarni, shu qatorda ayrim chet el fuqarolariga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllash vakolatlarini ham nazarda tutadi", - deyiladi Amerika maʼmuriyati bayonotida.
May oyida Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida uygʻurlarga va boshqa musulmonlarga zulm oʻtkazishda xitoylik amaldorlarga cheklovlar qoʻyishga imkon beradigan hujjat Kongressning ikkala palatasida ham maʼqullandi.
Gʻarb mamlakatlari va turli xil gumanitar tashkilotlar koʻpincha rasmiy Pekinning Shinjonning musulmon aholisiga nisbatan harakatlarini tanqid qilishadi, bunga javoban Xitoy rasmiylari uygʻurlar "qayta tarbiyalash markazlarida" oʻzlariga ish topishda yangi koʻnikmalar va radikal fundamentalizm taʼsiridan himoyani olishadi deb javob beradi.
Avvalroq Sputnik radiosi davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni Huawei orqali Britaniyaga "bosim oʻtkazishda" ayblaganini xabar qilgan edi.