Bu Rossiya emas. Amerikaliklar skalpiga ovning asl tashkilotchisi kim?

© Foto : Master Sgt. Alejandro LiceaAmerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShdagi saylovlar arafasida Rossiyaga qarshi talvasani kuchaytirishga qaratilgan yana bir urinish eng nufuzli The New York Times gazetasida amalga oshdi.

AQShdagi saylovlar arafasida Rossiyaga qarshi talvasani kuchaytirishga qaratilgan yana bir urinish eng nufuzli The New York Times gazetasida amalga oshdi. Aynan shu ommaviy axborot vositasi orqali Donald Trampni obro‘sizlantirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qilish maqsadida mamlakatimizga qarshi yana bir hujum amalga oshirildi. Bu safar iloji boricha noyob bahona tarzda tanlandi. Amerika razvedkasidagi o‘z manbalariga tayangan holda ta’kidlashicha: “Rossiya yashirin tarzda afg‘on jangarilariga AQSh harbiylarini yo‘q qilgani uchun mukofot tayinladi. Tramp ma’muriyati bir necha oylar davomida razvedkaning hayratlanarli xulosasi borasida nima qilish kerakligi haqida o‘ylamoqda”.

Perexvat samoletov-razvedchikov VVS SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotlarini to‘xtatib qolishdi

Amerikalik kuzatuvchining nuqtayi nazaridan, agar u The New York Times'ga ishongan bo‘lsa, vaziyat dahshatli va o‘ta tahqirli tus oladi: dunyoning bu tasvirida Rossiya Afg‘onistondagi amerikalik askarlarning murdalari va jasadlarini o‘ziga xos kolleksiyaga yig‘uvchisi sifatida chiqadi, afg‘on jangarilari esa “Amerikalik o‘ljalarni yig‘uvchilariga” aylanmoqda, ular “o‘ldirilgan yankilarni qonli rubllarga almashtirishadi-da va bu go‘yoki Tramp ma’muriyatining to‘liq harakatsizligi ostida sodir bo‘lmoqda. Amerikaning eng obro‘li gazetasidagi quyidagi parchalarni o‘qib, o‘zlarini dunyo gegemoni deb bilishga odatlangan mamlakat fuqarolarining hissiyotlarini tasavvur qilish dahshatli:

“Rasmiylarning ta’kidlashicha, razvedka xulosalari haqida ma’lumotlar prezident Trampga yetkazilgan va Milliy xavfsizlik kengashi bu masalani mart oyining oxirida idoralararo yig‘ilishda muhokama qilgan. Amaldorlar har xil variantlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishdi - Moskvaga diplomatik e’tiroz yuborishdan tortib qator sanksiyalar va boshqa mumkin bo‘lgan javoblar. Biroq, rasmiylar ta’kidlashicha, Oq uy hozircha biron bir harakatni ma’qullamadi.

AQSh va boshqa NATO qo‘shinlarining o‘ldirilishini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliyot AQSh va Afg‘oniston rasmiylari "Tolibon" deb nomlaydigan narsani Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlashi muhim va provokatsion kuchayishi bo‘lardi, va bu Rossiya josuslik bo‘linmasi G‘arb qo‘shinlariga hujum uyushtirganligining birinchi holati bo‘lar edi”.

The New York Times tomonidan Amerikaning ismi oshkor qilinmagan amaldorlari ma’lumotiga asosan tuzilgan mamlakatimizga qarshi ommaviy “ayblov dalolatnomasi”ga asoslanib bir nechta qaydlarni yozib o‘tishimiz kerak.

Beliy dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Oq uy Rossiyaning Afg‘onistondagi AQSh harbiylari o‘limiga aloqadorligiga shubha bildirdi

Birinchisi: 1990-chi va 2000-chi yillarda minglab Rossiya fuqarolarini o‘ldirgan terrorchilarga AQSh, shu jumladan Amerika ommaviy axborot vositalari ochiq-oydin nashrli, logistik, diplomatik va axborot yordamidan so‘ng va begona mamlakatlarning mustamlakachilari bo‘lgan harbiylariga nisbatan haqiqatda “plash va xanjar” usullari qo‘llanilsa AQShning shikoyat qilishga ma’naviy huquqi bo‘lmasligi kerak.

Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi ayblovlarning dalillari soni odatdagidek nolga teng.

Ikkinchi qayd: Umuman olganda, Amerika rahbariyati (isteblishment), ayniqsa o‘zining “imperialistikligi” va rusofobligi tufayli Nyu-York jurnalistlari xayrixoh bo‘lgan qismining o‘zi, bugungi hal etilmagan terroristik muammo bo‘lgan Afg‘onistonning to‘laqonli yaratuvchisidir. Amerikalik mutaxassislar tomonidan afg‘on va nafaqat afg‘on - terrorchilik harakatlarining Amerika mablag‘lari va qurol-yarog‘lariga yaratilganligi haqiqati yaqqol tasdiqlangan. Eslatib o‘tish kerak, masalan, 2001-yildagi mashhur voqealardan oldin janob Ben Laden yillar davomida Amerika ommaviy axborot vositalari va siyosatchilarning yoqimtoyi bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, AQSh birinchi navbatda turli mamlakatlarda fuqarolik urushlari, ommaviy qotilliklar va terrorizmning gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi va bu harakatlarning kutilmagan oqibatlari AQSh harbiylarining o‘limiga va AQShning xalqaro sahnada sharmandaligiga sabab bo‘la boshlaganidan so‘ng (yaqinda AQSh toliblar bilan nihoyatda kamsituvchi tinchlik sulhiga imzo qo‘yganidan so‘ng aslida Afg‘onistonda taslim bo‘ldilar) Amerika darhol harbiy-media tizimi tubidan barcha sodir bo‘lganga Rossiya aybdor va unga qarshi shoshilinch sanksiyalar qo‘llanilishi kerakligi haqida ovozlar chiqa boshladi.

Ammo yaxshi yangiliklar ham bor

Holbuki, ilgari NYT yoki The Washington Post kabi nashrlarda muntazam chop etilayotgan AQSh harbiy idoralarining “sizib chiqqan ma’lumotlariga” xalqning ishonchi shunchalik yuqori bo‘lib, nashr chiqqanliginig o‘zi deyarli darhol Tramp ma’muriyatini “tovon to‘lash va tavba qilish”ga, hamda hech bo‘lmaganda jamoatchilik oldida o‘zini oqlash uchun shoshilinch ravishda Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qilishga majbur qilgan bo‘lsa, endi vaziyat butunlay boshqacha ko‘rinmoqda.

Prezident Polshi Andjey Duda s amerikanskim glavoy Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston
"Nemislarni Rossiyadan himoya qilmaymiz". AQSh Polsha bilan kimga qarshi do‘stlashmoqda

Ko‘rinishidan, “Rashageyt” yillari va mutlaqo soxta ayblovlar va Rossiyaga qarshi murosasiz materiallar bilan qalbaki hujjatlar o‘z hosilini berdi: Amerika jamiyatining kattagina qismi endi o‘z ommaviy axborot vositalariga va o‘zining harbiy tuzilmalariga ishonmay qo‘ydi, siyosatchilar esa nafaqat eng nufuzli ommaviy axborot vositalari va ularning manbalarini yolg‘onda ayblay oladi, balki ayni shu baxolarga muvofiq harakat ham qila oladi.

Prezident Donald Tramp bu da’volarga Tvitter orqali javob berdi: “The New York Times-ning soxta xabarlari o‘zining “anonim” manbasini oshkor qilishi kerak. Ishonchim komilki, ular bunday qila olmaydi, chunki bunday odamning o‘zi yo‘q!”

AQSh Milliy razvedkasi direktori vazifasini bajaruvchi Richard Grenell xuddi shu masalada Demokratik partiyalik kongressmen bilan ijtimoiy tarmoqdagi janjalga kirishib, uni razvedka ma’lumotlarini siyosiy maqsadlarda foydalanganlikda aybladi:

“Men bu haqda hech qachon eshitmaganman. Siz razvedkani siyosatga aralashtirishni davom ettirayotganingiz juda jirkanchdir. Siz hatto razvedka ma’lumotlari qanday tekshirilishini tushunmayotganiz ko‘rinib turipti. Ma’lumotlarni anonim manbalardan muxbirlarga sizib chiqishi xavfli, chunki siz kabi odamlar buni siyosiy manfaatlar maqsadlar yo‘lida ishlatishmoqdasiz”.

The New York Times maqolasining kamida prezidentning xatti-harakatlari bilan bog‘liq qismiga raddiya, shu jumladan Amerika razvedkalari tomonidan rasman chop etildi. Nazariy jihatdan hamma narsa shunday bo‘lishi kerakligi aniq, ammo hatto bunday xayolparast normallik - zamonaviy Amerika standartlari bo‘yicha haqiqiy mo‘’jizadir.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh chet el fuqarolariga bir qator vizalar berishni to‘xtatdi – bu kimga ta’sir qiladi

Darvoqe, agar amerikalik jurnalistlar AQSh harbiylarining o‘ldirilishining haqiqiy gijgijlovchilarini ko‘rishni istasalar, unda ular oynaga qarashlari kerak.Jasadlar uchun mukofotlash - har doim ham moddiy bo‘lmaydi va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, shon-sharaf yoki jamoat roziligini olish terrorizm uchun juda katta miqdordagi puldan ham ko‘proq samaraliroq rag‘batdir. Amerika politsiyasini, shuningdek konservativ qadriyatlar tarafdorlari va “trampistlarni” qoralayotgan The New York Times va Amerikaning boshqa nashrlari, aslida ularga nisbatan hissiy, psixologik munosabatda bo‘ladiganlarga, va ehtimoldan holi emaski, jismoniy zo‘ravonlikni qo‘llaydiganlarga o‘ziga xos “hissiy mukofot” va’da qilmoqdalar. Deyarli barcha Amerika nashrlari gijgijlovchilari sifatida chiqqan ro‘y bergan so‘nggi tartibsizliklarda o‘ldirilgan amerikalik politsiyachilarining qoni, shu jumladan liberal va ilg‘or Amerikalik jurnalistlar qo‘lida.

Ammo amerikalik politsiyachilarning hayoti bunday jurnalistlar uchun unchalik ahamiyatli emas va ular amerikalik askarlarning jasadlari ustida faqat aksil-Rossiya sanksiyalari yoki Demokratik partiyaning manfaatlarini ilgari surish paytda o‘z ko‘z yoshlar bilan qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lganidagina ko‘r-ko‘rona yig‘lashni istaydilar.

AQShda ham, dunyoda ham bunday media-tuzilmalarga ishonishni istaydiganlar soni kamayib borayotgani ajablanarli emas. Umuman olganda, Amerikaning mavqeyi va buyukligiga qarshi asosiy fitna aynan The New York Times muharrirlari ishtirokida uyushtirildi. Ularga mukofot pulini chiqarishni taklif qilish mumkin edi, ammo ular barcha ishlarni tekinga qilib qo‘yishadi.

Yangiliklar lentasi
0