AQSh chet el fuqarolariga bir qator vizalar berishni to‘xtatdi – bu kimga ta’sir qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Soyedinennix Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap vizalarning quyidagi toifalari haqida ketmoqda: H-1B, H-2B, H-4, L-1, shuningdek J-1. Oq uyda ta’kidlashlaricha, bu chora amerikaliklar uchun yuz minglab ish joylarini bo‘shatish imkonini beradi.

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp chet ellik mutaxassislar va ularning oilalari a’zolariga, shuningdek mavsumiy ishchilarga mehnat vizalarini berishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. Hujjat Oq uyning saytida e’lon qilindi.

Vodrujenie znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruksii   - Sputnik O‘zbekiston
Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Ta’kidlanishicha, bu chora kamida shu yil oxirigacha amal qiladi.

Tramp ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu amerikaliklarga COVID-19 pandemiyasidan keyin mamlakatning iqtisodiy tiklanishining og‘ir davrida yuz minglab ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida qilingan.

Gap qanday vizalar haqida ketmoqda?

Ushbu qaror H-1B, H-2B, H-4, L-1 va J-1 ning ba’zi vizalariga nisbatan qo‘llaniladi.

• H-1B - odatda texnologiya sohasidagi malakali chet el ishchilariga beriladi;

• N-4 - N-1V toifasidagi viza egalarining turmush o‘rtoqlariga zarur;

• N-2V - mavsumiy ishchilarga beriladi;

• L-1 - chet elda (bu holatda AQShda) filiali bo‘lgan kompaniyalar rahbarlariga taalluqli. Ushbu vizalar toifasi haqiqiy ish joyi saqlangan, faqat filialini o‘zgartirgan holda AQShga ko‘chgan top-menejerlarga beriladi;

• J-1 - olimlarga va boshqa fan vakillariga beriladi.

N2V orqali kirishga faqat oziq-ovqat sanoatida ishlaydigan chet el fuqarolariga ruhsat beriladi.

J va L toifalari vizalarini oluvchilarga kelsak, ularga ba’zi istisnolar qo‘llanishi mumkin.

Shu bilan birga, Oq uy ma’muriyati ushbu farmon AQShda hozirda bo‘lib turganlarga taalluqli emasligiga ishontirishga shoshildi.

Avvalroq, AQShda iqtisodiy tanazzul davrida amerikalik ishchilarni himoya qilish zaruriyati bilan bog‘liq ravishda, grin-kartalarni berish ham to‘xtatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0