Qozog‘iston O‘zbekistonni “vertolot poygasida” quvib o‘tishga harakat qilmoqda

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Rossiyaning yana 4ta Mi-35 vertolotini sotib olib, mashinalarning sonini 12 tagacha ko‘paytirdi. Avvalroq O‘zbekiston ham bu texnikaning 12tasini sotib olishga kelishib olgan, ammo xujum vertolotlari soni bo‘yicha respublika Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinda qolmoqda.

Rossiyada ishlab chiqarilgan noyob Mi-35 harbiy transport vertoloti o‘nlab mamlakatlarning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi. Ko‘plab davlatlar uchun bu vertolot yetib bo‘lmas orzu bo‘lib qolmoqda. MDH hududida vahimali Mi-35 vertolotlarini qonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasidan tashqari faqat Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston foydalanadi.

Odin iz vedushix proizvoditeley vertolotov v mire «Airbus Helicopters» planiruyet rasshirit sotrudnichestvo s Uzbekistanom.  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kelajakda Airbus Helicopters kompaniyasidan 25 ta vertolot sotib olishi mumkin

Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasi Havo mudofaa kuchlari aviabazasiga 4ta yangi Mi-35M hujum vertolotlari yetib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston. Uchuvchilar va muhandislik-texnik xodimlar qayta tayyorgarlikdan o‘tdi va qo‘mondonlikning eng murakkab vazifalarini bajara oladilar. Rossiya qurollari jangovar vaziyatda pand bermaydi, Mi-35M ishonchli va samarali (“35” - chuqur takomillashtirilgan afsonaviy Mi-24). Yangi bo‘linma Qozog‘iston Respublikasining armiya aviatsiyasini sezilarli darajada kuchaytiradi, unda iyun oyigacha 18 dona vertolot bo‘lgan.

Avvalroq, Qozog‘iston (2016 va 2018-yillarda) “Rostvertol” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 8 dona RF Qurolli Kuchlari bilan bir xil konfiguratsiyada bo‘lgan Mi-35M vertolotlarini olgan edi. Armiya aviatsiyasi sohasida Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar orasida bugungi kunda faqatgina 25 ta hujum vertolotiga ega O‘zbekiston (Global Firepower ranking ma’lumotlariga ko‘ra) bilan raqobatlasha oladi.

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, shu jumladan strategik ittifoqchi va yaqin xorijdagi tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishida bo‘lgan Qozog‘istonga ko‘maklashmoqda. Qozog‘istonning qurol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish siyosatiga qaramay, Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik strategik sheriklik darajasida. 2015-yildagi kelishuviga asosan Kozog‘iston Respublikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi harbiy texnikalarini RFning ichki narxlarida, shu jumladan Mi-35M vertolotlarini sotib olishi ko‘p narsadan dalolat beradi.

Torjestvennaya seremoniya priyema-peredachi dvux vertoletov MI-8MT i radiolokatsionnoy stansii P-18 na territorii aviatsionno-texnicheskoy ekspluatatsionnoy chasti Sil vozdushnoy oboroni Voorujennix sil KR v Kante. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qirg‘izistonga ikki dona harbiy vertolot va radioaloqa stansiyani sovg‘a qildi

Himoya qobiliyatining sifatli oshirilishi

Qurolli kuchlar uchun 4ta yangi Mi-35M vertolotlari, ehtimol, ko‘p emas. Shunga qaramay, ushbu bo‘linma armiya aviatsiyasining zarba berish kuchining 20 foiz ortig‘iga oshishini ta’minlaydi. Mi-35M vertoloti - bu zirhli transport vositalarini va dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalarini yo‘q qilish, quruqlikdagi kuchlarni jangovar ko‘mak bilan ta’minlash, desantlash (shaxsiy qurol bilan 8 nafar harbiyni), yaradorlarni evakuatsiya qilish, tashqi ilmoq va kabinada yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan murakkab, yuqori texnologik jangovar kompleksdir.

Novie vertoleti Mi-35M VVS Uzbekistana, stoyashie na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga keltirilgan yangi Mi-35M jangovar vertolotlari namoyish qilindi - foto

Mi-35M ko‘p maqsadli, hujum vertoloti xususiyatlarga ega: maksimal tezlik - soatiga 300 km gacha, uzoqlik masofasi - 550 km, dinamik balandik - 5400 metr, yuk ko‘tarishi - 2400 kggacha. U og‘ir sharoitlarda ekspluatatsiya qilinishga moslashgan, tog‘lar va cho‘lda samarali ishlashga qodir, ulkan jangovar kuchi va hayratlanarli darajada chidamlilikka ega.

Mi-35M burun qismida 23 mm diametrli ikki to‘pli artilleriya uskunasi bilan qurollangan (o‘q-dori komplekti - 450 ta o‘q). U turli xil konfiguratsiyalarda 8tagacha tankga qarshi raketa, ikki blok boshqarilmaydigan 122 mm raketa yoki 80 mm kalibrli to‘rt blokgacha ko‘tarishi mumkin. Mi-35Mning girostabilizatsiyali optik-elektron stansiyasiga ega so‘nggi aniqlash-nishonga olish tizimi o‘z ichiga teplovizion va televizion kanallarni, lazerli masofa o‘lchagich, va pelengatorni oladi. Bortdagi qurol operatori 240 daraja atrofida tasvirni ko‘radi, raqibni aniq yo‘q qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega.

Oldingi afsonaviy Mi-24 bilan taqqoslaganda, yangi vertolot zamonaviy bort radioelektron tizimni, raqamli navigatsiya va indikatsiyani, yanada kuchli turbo-dvigatellarni (2ta 2200 ot kuchli), jangovar chidamlilikni oshirish uchun kompozit materialdan tayyorlangan asosiy rotor va rol rotorlarga ega bo‘ldi. Shikastlanishlardan tizimli himoya radiolokatsion stansiya nurlanish detektorlari, issiqlik tuzoqlarini uchirish va IK-diapazonda to‘siqlar yaratish moslamalari,ekipaj kabinasini va vertolotning hayotiy tizimlarini samarali zirhlash, muhim tizimlarni ko‘p marotabali zahiralash bilan ta’minlanadi. Yuqori texnologiyali uskunalar ekipajga yukni sezilarli darajada kamaytiradi, kunning istalgan vaqtida boshqariladigan va boshqarilmaydigan qurollardan foydalanish, yer usti nishonlarini kunduzi 10-25 metr, kechasi esa 50 metr balandlikdan hujum qilish imkonini beradi, jihozlanmagan joylardan uchadi va qo‘nadi. Ushbu darajadagi jangovar texnika – xavfsizlikning zamonaviy chaqiriqlariga ishonchli javobdir.

Geosiyosat va mintaqadagi xavfsizlik

Qozog‘iston MDHda harbiy rivojlanish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, Rossiya bilan strategik hamjihatlikda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishni rejali davom etmoqda. Harbiy qudratning dunyo reytingida Qozog‘iston Respublikasi 63-o‘rinni egallaydi, Markaziy Osiyoda u faqat dunyoning Top-50 ro‘yxatiga kiruvchi O‘zbekistondan ortda turadi xolos.

Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolotlarni yetkazib berishni boshladi

Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga milliy armiyani samarali va raqobatbardosh qurol bilan jihozlash, harbiy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro harbiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish haqida ko‘rsatma bergan edi. Respublikaning mudofaa qobiliyatining o‘sishi raqamlar va faktlarda o‘z aksini topmoqda. Uch yillik mudofaa budjeti (2020 - 2022), QR Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra (https://sptnkne.ws/CN4k) jami 961 milliard tengeni (2,55 milliard dollar) tashkil etadi. 2020-yilga 331,9 milliard tenge to‘g‘ri keladi, shundan 313,6 milliard Qurolli kuchlarni saqlashga va 18,3 milliard mutaxassislar resurslarini rivojlantirish va tibbiy ta’minotga sarflanadi. Qurolli kuchlarni moliyalashtirish barqaror.

Harbiy qurilish sohasida, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi o‘sib borayotgan xalqaro terrorizm tahdidlarini, notinch Afg‘oniston va to‘rtta yadroviy davlatning qo‘shnichiligini hisobga olishiga to‘g‘ri kelmoqda. Qozog‘iston harbiy doktrinasining mudofaa xususiyati tinchlikka sodiqlik va qurolli kuchlar yordamida milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyatini e’lon qiladi. Respublika o‘z armiyasidan harbiy mojarolar va mintaqadagi keskinlik o‘choqlarini bostirish va keyinchalik inqirozni tinch yo‘l bilan “yo‘q qilish” uchun foydalanishi mumkin.

Yaqqol ko‘rinib turiptiki, Qozog‘iston Respublikasi armiya aviatsiyasini Mi-35M vertolotlari bilan qayta jihozlash tendensiyasi kelgusi yillarda ham davom etadi, chunki dunyoda undan yaxshirog‘i ishlab chiqarilmagan.  Qozog‘istonning janubiy qo‘shnisi bo‘lgan O‘zbekiston o‘z vertolot parkini aynan shu Rossiya vertolotlari bilan yangilayotgani bejiz emas. Eslatib o‘tamiz, undan oldingi Mi-24 bugungi kungacha dunyodagi eng keng tarqalgan hujum vertoloti bo‘lib qolmoqda (3500 dan ortiq nusxasi ishlab chiqarilgan), 63 dan ortiq mamlakat milliy armiyalarida xizmat qilmoqda. AQShda esa muntazam ravishda harbiy mashqlar paytida Rossiyaning Mi-24-ga qarshi taktikasini mashq qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0