TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya Qirg‘izistonga ikki dona ko‘pnishonli MI-8MT vertolotlarini va P-18 radioaloqa stansiyalarni sovg‘a qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Texnikani taqdim etish tantanali marosimi Kantdagi Qirg‘iziston Qurolli kuchlari havo mudofaa kuchlarining aviatsiya-texnika hududida o‘tkazildi.
Marosimda Qirg‘iziston QK qo‘mondonlik shtabi boshlig‘i muovini Nurlan Chomoyev va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin nutq so‘zladi.
P-18 radioaloqa stansiyasi - havo obyektlarini aniqlaydi va kuzatadi, ularning koordinatalarini o‘lchab, qaysi davlatga tegishligini aniqlaydi.
Ko‘pnishonli MI-8MT vertoloti zarba berish, dushman otish joylarini yakson qilish uchun mo‘ljallangan. Quruqlikdagi qo‘shinlar, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘larni, yuklarni va dori-darmonlarni tashish, yaradorlarni evakuatsiya qilishda foydalanish mumkin.