Jamiyat

Rossiya Oʻzbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov /  / Mediabankka oʻtishVertoletы Mi-35
Vertoletы Mi-35 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vertolyotlar ikki tomonlama imzolangan bitim asosida yetkazib berilmoqda. Yil yakuniga qadar qoʻshimcha 3 dona vertolyot olib kelinadi. Rossiya ikki yil davomida Oʻzbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib beradi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Rossiya Oʻzbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vertolet Airbus VVS Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Airbus vertolyotlari oʻzbek armiyasini qanchalik kuchaytiradi

Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari kelishuvlariga asosan ikki yil davomida Oʻzbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib beriladi.

2019 yil 4-chi chorakda birinchi 4 dona vertolyot yetkazib berish rejalashtirilgan.

“Birinchi vertolyot Oʻzbekiston harbiy qismlardan biriga yetib bordi”, - deb maʼlum qildi agentlik suhbatdoshi.

Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati maʼlumotlariga koʻra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda Oʻzbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yoʻq qilish va quruqlikdagi kuchlar boʻlinmalarini zarba berish tomondan qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0