Yevropalik tahlilchilar: “Rossiya bizni inqirozdan qutqarmaydi”

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Neftdan holi dunyo" – bu real iqtisod emas, balki qandaydir bir diniy afsona sohasidir, ammo fransuz tadqiqotchilari ishora qilayotgan muammo, garchi ular berayotgan prognoz detallari bahsli bo‘lsa-da, haqiqatda mavjud

Britaniya OAVlari: fransuz va norvegiyalik mutaxassislar Yevropa bozorida neft taqchilligini bashorat qilayotgani haqida bong urmoqda, bu esa Yevropa Ittifoqi uchun xom ashyo narxlarining jiddiy oshishini anglatadi. Ushbu muammoni hal qilishda Yevropa  yondashuvini alohida qayd etish joiz: agar Vashington bu singari holatlarda navbatdagi neftini "demokratiya" uchun shoshilinch "ozod qilish" mumkin bo‘lgan navbatdagi "Iroq"ni izlashga tushadigan bo‘lsa, Brusselga yaqinlashayotgan neft taqchilligidan yaqinda Yevropa Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan "Yashil yo‘nalish" doirasida  uglerodsiz iqtisodga o‘tishni tezlashtirish uchun bahona sifatida foydalanish taklif etilmoqda.

Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston
OPEK+ qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

"Yangi tadqiqot hisobotiga ko‘ra, kelgusi o‘n yillikda Yevropa neft tanqisligiga yuz tutishi mumkin, bu esa past uglerodli energiyadan foydalanishga o‘tish talabi dolzarbligini yanada oshiradi. Hujjatda ogohlantirilishicha: neft qazib olish hajmi YeIning qazilma yoqilg‘iga bo‘lgan qaramligiga nisbatan tezroq kamayishi mumkin, bu esa yoqilg‘ining yetkazib berish inqirozi va bozor narxlarining keskin "shok" holati ehtimolini oshiradi. Fransiyaning Shift Project analitik markazi hisobotida ta’kidlanishicha, yirik iqtisodiyotlarning toza energiya manbalariga o‘tishiga qadar "neft yetkazib berishning yuqori cho‘qqisi"ga yetish xavfi "neftdan holi bo‘lgan dunyoni yaratish uchun qo‘shimcha sabab bo‘la oladi".

"Neftdan holi dunyo" – bu real iqtisod emas, balki qandaydir bir diniy afsona sohasidir, ammo fransuz tadqiqotchilari ishora qilayotgan muammo, garchi ular berayotgan prognoz detallari bahsli bo‘lsa-da, haqiqatda mavjud.

Neftanie tankeri u prichala - Sputnik O‘zbekiston
Neft urushida AQSh Rossiyaga qanday yordam berdi?

Yevropa Ittifoqiga bashorat qilingan neft apokalipsisi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: ko‘plab neft kompaniyalari narxlarning pasayishidan qo‘rqib qolgani bois, neft qazib olishga hozirda kamdan-kam odamlar sarmoya kiritmoqda, yangi konlarni ochish va o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha kapitalni esa jalb qilish juda qiyin - nega deganda sarmoyadorlar narxlarning o‘ynashidan havotirda, nega deganda faollar uglevodorod ishlab chiqarish va qayta ishlashga kiritiladigan har qanday sarmoyani imidj va siyosiy nuqtayi nazardan zararli ko‘rsatishga harakat qilmoqdalar. Natijada, yaqqol kurinib turibtiki, dunyo neftni iste’mol qilishda davom etmoqda, ammo nisbatan yaqin kelajakda u hammaga yetmay qolishi mumkin - qazilma "tugagani" uchunmas, balki, global miqyosda bu sohaga yetarlicha mablag‘ kiritilmagani bois, sababi ushbu sohani yetarlicha moliyalashtirmaslik 2016-yildan boshlangan.

Britaniya OAVlari va Fransiya siyosiy faollari iqtibos keltirayotgan Rystad Energy mutaxassislari fikricha, qazib olish kelajakda postsovet hududi va Afrikada kamayishi va bu Yevropa neft bozorida "narx shoklari" (ya’ni narxlarning keskin o‘sishi)ga olib kelishi mumkin. Rossiyaga to‘xtaladigan bo‘lsak, kelajakka umidsizlik bilan qarash yaramaydi, chunki mahalliy kompaniyalar o‘z resurs bazasini ishonch bilan kengaytirishda va hatto neft narxi past bo‘lgan bir sharoitida ham qazib olishni rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom ettirmoqdalar, ammo global miqyosda vaziyat aynan "jahon tanqisligi" ssenariysi tomon ketmoqda.

Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

Shu nuqtayi nazardan, tor doiradagi mutaxassis va Yevropa atrof-muhit faollari berayotgan prognozlarga emas, balki kelajakdagi iqtisodiy voqealar, moliya va tovar bozorlari hatti-harakatlariga bo‘lgan umid - daromadining asosiy manbai bo‘lgan tuzilma - Amerikaning yirik JPMorgan banki prognoziga qarash foydali.

Amerikaning CNN kanali tomoshabinlarga, hatto koronavirus epidemiyasidan oldin JPMorgan neft narxlari ko‘tarilishining yangi siklini bashorat qilganini eslatib o‘tadi, qora oltinga bo‘lgan talabni tom ma’noda deyarli yo‘q qilgan epidemiyaga qaramay, bank tahlilchilari ushbu bozorning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini nafaqat o‘zgartirmadilar, balki epidemiyadan keyin narxlar o‘sishi salohiyati hatto yanada yuqoriladi, degan xulosaga keldilar.

"JPMorganning 12-iyun kuni chop etilgan hisobotiga ko‘ra, bozorda neftning haddan ko‘pligi "taklifning fundamental tanqisligiga" aylanadi. JPMorgan so‘zlariga ko‘ra, ehtimolga yaqin ssenariy shundayki, qazib olishni oshirishga ko‘maklashish uchun Brent neftining narxi bir barrel uchun 60 dollargacha ko‘tariladi. Hisobotda optimistik ssenariy uchun maqsadli narx ko‘rsatilmagan, biroq (Yaqin Sharq va Yevropa neft va gaz bozori yo‘nalishining rahbari) Kristian Malekning CNN Businessga ma’lum qilishicha JPMorgan tomonidan mart oyida e’lon qilingan bir barreli uchun 190 dollarga teng bo‘lgan optimistik neft narxlari prognozi xanuzgacha o‘z kuchini yo‘qotmagan. Uning aytishicha, aslida, ushbu ssenariy ehtimoli endilikda yanada oshgan. 2013-yildan beri neft narxining pasayishini bashorat qilgan Kristian Malek, hozirda 2022-yilga kelib vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 2025 yilga kelib, agarda OPEK va boshqa (ishlab chiqaruvchi) davlatlar ko‘proq neft ishlab chiqarishni boshlamasalar, kuniga 6,8 million barrelni juda katta tanqislikka ishora qilmoqda".

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Ar-Riyod neft bozorida revolyutsiya tayyorlamoqda - ekspert

CNN haqli ravishda ta’kidlaganidek, BP, Shell, Total va ConocoPhillips kabi ko‘plab yirik neft kompaniyalari yangi neft loyihalariga keng ko‘lamli sarmoyalarni kechiktirishga qaror qildi va umuman yangi qazib olishga investitsiyalar 2020-yilda rekord darajadagi 383 milliard dollargacha tushib ketdi, ya’ni so‘nggi 15-yil ichida eng past darajaga. Ushbu turdagi har qanday yirik loyihani aniqlash va rivojlantirish ko‘p yillarni talab qilishini hisobga olib, hatto konvensional neft ishlab chiqarishga investitsiyalar darajasi narxlarning 60 yoki 80 dollarga ko‘tarilishiga javoban keskin ko‘tarilsa ham, tarkibiy tanqislik davrini chetlab o‘tish amrimahol bo‘lib qoladi.

Albatta, Yevropa Ittifoqi va boshqa neft iste’molchilari bunday miqdordagi neftga ehtiyoj sezmaydigan energiya va transport tizimini yaratish bilan shug‘ullanishni boshlashi xavfi mavjud. Bir qator iqtisodiy va texnologik sabablarga ko‘ra, bunday tizimni (ayniqsa tez) yaratish, hatto zamonaviy Yevropa Ittifoqi kabi kuchli tuzilma uchun ham o‘ta qiyin masala. Ammo yangi “yashil” iqtisodiyotni yaratish bo‘yicha rejalari tez fursatlarda qandaydir darajada muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, Rossiya bundan faqatgina yutadi. Biz Yevropada yangi iqtisodiy tartibni yaratish uchun asosiy umid - vodoroddan energiya manbai sifatida foydalanish haqida yozgan edik, Yevropa Komissiyasi rasmiy hujjatlar va iqtisodiy dasturlarda aynan shunga tayanmoqda. Biroq, hatto G‘arb tahlilchilari ham, ushbu ulkan dasturni amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqi Rossiyadan tabiiy gaz importini ko‘paytirishiga to‘g‘ri kelishini tan oladi.

Umuman olganda, fransuz mutaxassislari va amerikalik moliyachilar tilga olayotgan ssenariylar amalga oshsa, Yevropa Ittifoqida faqat bitta tanlov qoladi: yoki qimmat Rossiya neftini, yoki Rossiyaning qimmat gazini sotib olish. Ikkala variant ham milliy iqtisodiyot uchun ijobiy bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0