Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSotrudnik valyutnoy birji
Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon bozorida neft va gaz narxlarining ko‘tarilishi rentabellik chegaralariga yaqinlashuvi bilan bog‘liq - iqtisodchi.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Iqtisodchi-ekspert Fuad Ibragimov neft va gaz narxlarining ko‘tarilishi sabablarini tushuntirib berdi, Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan. 

Iqtisodchi fikricha, gaz va neft narxlarining ko‘tarilishiga butun dunyo bo‘ylab karantin tadbirlarining yumshatilishi sabab bo‘lgan. 

"Yil boshida biz neft va gaz narxlarining pasayishi jarayonini kuzatdik, ammo ma’lum bir vaqga kelib gaz narxi pasayishi to‘xtadi, neft narxi pasayishi esa davom etdi", - deydi Ibragimov.

Bundan tashqari, gaz narxining pasayishi ko‘plab ishlab chiqaruvchilar uchun "rentabellik chegaralari"ga yaqinlashuvi bilan bog‘liq bo‘ldi, AQShda esa burg‘ulash faoliyatining pasayishi jarayoni ro‘y berdi.

Nyu-York NYMEX tovar-xomashyo birjasidagi 1-iyunga yetkazib berish sharti bo‘lgan tabiiy gaz fucherslarining narxi 1 million BTU (British thermal unit – Britaniya issiklik birligi. – tahr.) uchun narx 4,58 foizga o‘sib, 1,711 dollarni tashkil etdi.

Fuad Ibragimov: protsess padeniya sen nefti i gaza shel parallelno
Yangiliklar lentasi
0