Ar-Riyod neft bozorida revolyutsiya tayyorlamoqda - ekspert

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni nima sababdan neft narxini noldan pastga tushirib yuborganining sababi endi aniq bo‘ldi.

G‘arbiy OAVlar Saudiya Arabistoni so‘nggi vaqtlarda neft bozorida amalga oshirayotgan harakatlarida g‘alati nomuvofiqlik boriligini payqab qolishdi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Ivan Danilov.

Bir tomondan neft narxini keskin tushirib yuborishda ham arablarning o‘zlari sababchi bo‘lishgan edi. Buning oqibatida Saudiya Arabistoni ichki budjetini keskin qisqartirishb ijtimoiy to‘lovlarni kamaytirishga majbur bo‘lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, Ar-Riyodning moliyaviy bozorlardagi tajovuzkor harkatlari neft urushida yutqizgan va iqtisodiy inqirozga yuz tutayotgan davlatga hech o‘xshamaydi. Bundan yagona xulosa shuki – Saudiya Arabistonining uzoq muddatli strategiyasi bor va aynida damda Ar-Riyod unga asosan ish tutmoqda. Agar ushbu strategiya amalga oshsa, Saudiya Arabistoni so‘nggi “neft urushidan” mutlaq g‘olib bo‘lib chiqadi. Ayni damda arzon neft sotib olayotgan G‘arb davlatlari esa – yutqizadi.

Bir qarashda iqtisodiy inqiroz

Ma’lumki, so‘nggi oylarda koronavirus epidemiyasi va Saudiya Arabistoni e’lon qilgan demping siyosati oqibatida neft narxlari keskin quladi va hatto minus tomonga ham o‘tib ketdi. Buning oqibatida Ar-Riyodning oltin-valyuta zahiralari ham keskin kamaya bordi.

Neftanoy tanker v more - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

Saudiya riali kursi davlat tomonidan qat’iy belgilangan. Bu bir tomondan iqtisod uchun barqarorlik olib keladi, lekin ikkinchi tomondan esa iqtisodiy murakkab sharoitlarda katta miqdorda davlat oltin-valyuta zahiralarini sarf qilishni talab etadi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Aprel oxirida Saudiya Arabistonining sof aktivlari 464 milliard dollargacha pasayib ketganini xabar qilga edi. Bu so‘nggi 19-yil ichida eng kam ko‘rsatgich va u neftning past narxlarini qoplash uchun Qirollik tomonidan katta iqtisodiy xarajatlar qilinayotganidan darak beradi, deyilgan edi xabarda.  

Rossiya oltin valyuta zahiralari ham kamaygan edi, lekin buni “hisob-kitob fenomeni” deb tushunish kerak. Chunki, Rossiyaning aksariyat zahiralari oltin va xorijiy valyutalarda saqlanadi, lekin ularning hisob-kitob qilish dollarda amalga oshiriladi. Shu sabab ba’zan dollar kursiga qarab ularning miqdori “keskin o‘sishi” yoki “kamayishi” mumkin.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni va Rossiya neft ekspertlarini qattiq xafa qildi

Reyter agentligi xabariga ko‘ra Saudiya Arabistoniga valyuta kursini ushlab turish uchun kamida 250 – 300 milliard dollar kerak bo‘lishi mumkin. Neft savdosidan daromad keskin kamaygan vaqtda bu Ar-Riyoddan keskin choralar qo‘llashni talab qiladi. Balkim shu sababli Qirollik budjet xarajatlarini keskin kamaytirish va soliqlarni oshirishga qaror qilgan.

Xususan, 2020-yilda Saudiya budjet xarajatlarini 26 milliard dollarga kamaytirgan va QQS miqdorini 5%dan 15%gacha oshirgan. Shuningdek 2030-yilga kelib iqtisodni diversifikatsiya qilish loyhalari ham  qisqartirilgan.

“Al-Jazira” telekanali xabariga ko‘ra “bunday harakatlar  neft daromadi kamayishidan ko‘rilayotgan zararning asosiy qismini oddiy saudiyaliklar zimmasiga yuklash” maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yashirin strategiya

Bir qarashda, yangi neft urushida Qirollik yutqazib qo‘ydi, shu sabab ana shunday siyosat qo‘llashga majbur bo‘lmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, vaziyatning bir muhim jihati bor-ki u Saudiya harakatlarida boshqa sabab bo‘lishi mumkinligi haqida darak beradi.

Zasedanie Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

Gap shundaki, budjet xarajatlarini kamaytirish bilan bir qatorda, Ar-Riyod milliardlab dollarlarni Yevropa va Kanada neft kompaniyalari aksiyalarini xarid qilishga sarflamoqda.

Neft narxlari keskin qulayotgan bir vaqtda bu g‘alati ishdek tuyulishi mumkin, lekin fakt faktligicha qolmoqda. Aprel oyida Saudiya davlat investitsion fondi Equinor AS (Norvegiya), Royal Dutch Shell PLC (Britaniya— Niderland), Total SA (Fransiya) va Eni (Italiya) neft kompaniyalarining aksiyalar paketlarini sotib olgan.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Ar-Riyod Kanadaning yetakchi neft kompaniyalari aksiyalarining minoritar paketlarini ko‘p miqdorda xarid qilgan. Xususan Canadian Natural Resources Ltd. va Suncor Energy Inc. Kompaniyalarining 2,6% va 2 % aksiyalarini sotib olgan.

Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishining birinchi bosqichini boshladi

Aytish joizki aprelda ushbu aksiyalar eng past narxlarda sotilgan ushbu ma’lumotlar jurnalistlar tomonidan aniqlangan ma’lumotlar xolos. Saudiya bitimlari bundan ham ko‘proq bo‘lishi aniq.

Lekin ushbu faktlarning o‘zi ham dastlabki xulosa chiqarish uchun yetarlidir. Saudiya Arabistoni o‘zining dollar zahiralarini va AQSh obligatsiyalari evaziga arzonlashib qolgan neft kompaniyalari aksiyalarini sotib olishga sarflagan. Bu biroz qaltis, lekin neft bozorining kelajagiga bildirilgan ishonchdir. Dekmak Saudiya elitasi kelajakda neft narxi oshishiga va bugun xarid qilingan aksiyadar ularga katta daromad keltirishga ishonadi.

Agar Saudiya rahbariyati haq bo‘lib chiqsa, Rossiya ham jiddiy daromad olishi mumkin. Yevrpa va kanadalik neft kompaniyalari esa o‘z aksiyalari arzon sotilganidan afsusda qolishlari aniq. Navbatdagi neft urushida kim g‘alaba qozonadi degan savolning javobi endi aniq - OPEK+ Rossiya alyansi. Nima bo‘lganda ham Ar-Riyodning bugungi harakatlari aynan shundan darak bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0