Moskvada bugun G‘alabaning 75-yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Alexander Vilf / Mediabankka o‘tishIstrebiteli Su-30SM pilotajnoy gruppi "Russkie vitazi" vo vremya repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi
Istrebiteli Su-30SM pilotajnoy gruppi Russkie vitazi vo vremya repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston tantanali tadbirdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani namoyish etadi. Boshlanishi - Moskva vaqti bilan 10.00da

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligi sharafiga asosiy harbiy parad chorshanba kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tadi. Tantanali tadbir mahalliy vaqt bilan 10.00da boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston
"Paradga kelganingiz uchun rahmat": Putin Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazdi

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin oldinroq paradni epidemiologik vaziyat tufayli keyinga qoldirgan edi. May oyining oxirida uni 24-iyunga qoldirish qarori qabul qilindi. Bu ramziy sana. 1945-yilda, xuddi shu kuni natsist Germaniyaning umurtqasini sindirgan jangchilar mamlakatning asosiy maydonidan o‘tishgan edi.

2020 yilning 24-iyunida o‘tkaziladigan paradda 14 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 200dan ortiq texnika va 75ta uchar apparatlar ishtirok etadi. Parad safi Qurolli kuchlar va boshqa kuch idoralari harbiy xizmatchilari, harbiy bilim yurtlari kursantlari, suvorovchilar, naximovchilar va kadetlar, shuningdek yunarmiyaliklardan tashkil topgan 40ta piyodalar raschotidan shakllantirilgan.

Shuningdek, paradda 13ta xorijiy davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Bu yil G‘alaba paradida Belarus, O‘zbekiston, Bosniya va Gertsegovina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev, YeIK rahbari Mixail Masnikovich va ODKB bosh kotibi Stanislav Zas qatnashadilar. Yevropa mamlakatlari vazirlar va elchilar darajasida taqdim etiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani Sputnik O‘zbekistonda tomosha qiling.

1945 yil 24-iyunda Moskvada G‘alaba paradi qanday o‘tgan

1945 yil 24-iyunda Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkazilgan G‘alaba paradi - SSSRning Ulug‘ Vatan urushida fashistik Germaniya ustidan qozongan G‘alabasi sharafiga bag‘ishlangan tarixiy parad. Paradni Oliy qo‘mondon o‘rinbosari, 1-Belarus fronti qo‘shinlari qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali Georgiy Jukov olib bordi. Paradga 2-Belarus fronti qo‘shinlari qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali Konstantin Rokossovskiy boshchilik qildi. 

Paradni ot ustida qabul qilish kerak edi va Stalin buni rad etdi.

U endi yosh emas, egarda o‘zini dadil tutolmasdi, shu uchun u Jukovni chaqirib: "Siz yoshsiz, siz kavalerchisiz, shu bois paradni siz qabul qilasiz", deydi.

© Sputnik / Mixail Ozerskiy / Mediabankka o‘tishParad 24-iyunya 1945 goda prinimal Marshal Sovetskogo Soyuza G. K. Jukov. Komandoval paradom Marshal Sovetskogo Soyuza K. K. Rokossovskiy.
Moskvada bugun G‘alabaning 75-yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi - Sputnik O‘zbekiston
Parad 24-iyunya 1945 goda prinimal Marshal Sovetskogo Soyuza G. K. Jukov. Komandoval paradom Marshal Sovetskogo Soyuza K. K. Rokossovskiy.

1945 yilning 24-iyuni tonggi bulutli va yomg‘irli bo‘ldi. 

Soat sakkizlarga parad ishtirokchilari saf tortdilar. 

Soat to‘qqizga kelib, Kreml devori yonidagi granit tribunalar SSSR Oliy Kengashi va RSFSR deputatlari, xalq komissarlari ishchilari, madaniyat arboblari, SSSR Fanlar akademiyasining yubiley sessiyasi ishtirokchilari, Moskva zavodlari va fabrikalari ishchilari, Rossiya pravoslav cherkovi iyerarxlari, xorijiy diplomatlar va ko‘psonli xorijiy mehmonlar bilan to‘ldirildi. 9.45da V.I. Lenin Mavzoleyi tribunasiga Iosif Stalin boshchiligidagi Sovet hukumati rahbarlari va KPSS (b) rahbarlari ko‘tarildilar.

© Sputnik / Yakov Xalip / Mediabankka o‘tishOkonchanie Velikoy Otechestvennoy voyni 1941 - 1945 gg. Moskvichi na Krasnoy ploshadi v Den Pobedi 9-maya 1945 goda.
Moskvada bugun G‘alabaning 75-yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi - Sputnik O‘zbekiston
Okonchanie Velikoy Otechestvennoy voyni 1941 - 1945 gg. Moskvichi na Krasnoy ploshadi v Den Pobedi 9-maya 1945 goda.

Parad qo‘mondoni Konstantin Rokossovskiy qora otda paradni qabul qiluvchi Georgiy Jukov tomon yurish uchun joyni egalladi.

Kreml soati o‘n marotaba bong urganida, Georgiy Jukov oq otda Qizil maydonga chiqdi. Parad qo‘mondonining qabul qiluvchiga raportidan va u o‘z navbatida qo‘shinlarni aylanib chiqqanidan so‘ng «Barcha tinglasin!» signali yangradi va  general-mayor Sergey Cherneskiy boshqaruvida tarkibida 1,4 ming kishi bo‘lgan birlashgan orkestr Mixail Glinkaning «Rus xalqi, senga shon-sharaflar!» madhiyasini ijro etdi.

Keyin Jukov Mavzoley tribunasidan turib tabrik nutqini so‘zladi.

Shundan so‘ng SSSR davlat madhiyasi ijro etildi va bir vaqtning o‘zida zal bilan 50ta artilleriya salyutlari otildi.

Chexiya marshal Konev haykalini Rossiyaga qaytarishdan bosh tortdi - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya marshal Konev haykalini Rossiyaga qaytarib berishdan bosh tortdi

Jangovar harakatlar teatrida frontlar joylashuvi va harakatlari tartibida (shimoldan janubga qarab) frontlarning birlashgan polklari qo‘mondonlik qo‘shinlari boshchiligida (1 va 2-chi Belarus frontlari polklari - birinchi o‘rinbosarlari bilan) o‘tkazilar edi: Karelskiy fronti (Sovet Ittifoqi marshali Kirill Mereskov boshchiligida),Leningrad fronti (Sovet Ittifoqi marshali Leonid Govorov boshchiligida), 1-Boltiqbo‘yi fronti (armiya generali Ivan Bagraman boshchiligida), 3-Belarus fronti (Sovet marshali Aleksandr Vasilevskiy boshchiligida), 2-Belarus fronti (general-polkovnik Kuzma Trubnikov boshchiligida), 1 – Belarus fronti (armiya generali Vasiliy Sokolovskiy), 1-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi marshali Ivan Konev boshchiligida), 4-Ukraina fronti (armiya generali Andrey Yeremenko boshchiligida),

2-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi Marshali Rodion Malinovskiy), 3-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi Marshali  Fedor Tolbuxin boshchiligida).

HDF birlashgan polkiga vitse-admiral Vladimir Fadeyev boshchilik qildi.

SPUTNIK_22 iyunya - den nachala Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

1-Belarus frontining birlashgan polki tarkibida Polsha qo‘shinlari vakillari (Polsha qo‘shinlari bosh shtabi rahbari, bron generali Vladislav Korchis boshchiligida), 4-Ukraina fronti tarkibida esa – 1-Chexoslovakiya armiya korpusi jangchilari diviziya generali Lyudvik Svoboda boshchiligida maxsus kolonna tarzda o‘tkazildi.

Har bir qo‘shma polk o‘ziga xos jangovar marsh ostida deyarli to‘xtovsiz o‘tardi.

Qizil maydonga F.E. Dzerjinskiy nomidagi Xalq Ichki Ishlari Komissariati maxsus maqsadli 1-Motoo‘qchilar diviziyasi jangchilari kolonnasi saf tortib kirib keldi, ular german qo‘shinlarining yergacha tushirilgan 200 ta bayroqlarini olib o‘tardilar.

Mavzoley ostonasida ikkita yog‘och taxtasupa bor edi. Shularga yaqinlashgach, jangchilar o‘ngga burildilar va tajovuzkorning qaqshatkich mag‘lubiyati ramzi sifatida ushbu bayroqlarni kuch bilan taxtasupalarga qarata uloqtirdilar. Tribunalar gulduros qarsaklar sadosi ostida “portladi”.

Vstrecha sovetskix i amerikanskix voysk na Elbe v rayone Torgau. - Sputnik O‘zbekiston
"Aql bovar qilmas ish": G‘arb Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Uchinchisini qanday boshlamoqchi edi

So‘ngra yana orkestr sadolari eshitildi va Moskva garnizoni, SSSR xalq mudofaasi komissariati birlashgan polki, harbiy akademiyalar, suvorov harbiy bilim yurtlari harbiylari kolonnalari sekinlashgan marsh bilan o‘ta boshladi.

Shundan so‘ng maydondan birlashgan otliqlar brigadasi, undan keyin har xil turdagi harbiy texnikalar, motosiklchilar, avtomobillardagi havo kuchlari desantchilari va boshqalar saf tortib o‘ta boshladi.

Qizil maydondagi parad qo‘shma orkestr o‘tishi bilan yakunlandi.

Parad yomg‘ir ostida ikki soat (122 daqiqa) davom etdi.

Voyennoslujashie prezidentskogo polka na voyennom parade na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi Parad vaqtida mehmonlar masofa saqlaydilar

Unda 24 nafar marshal, 249 nafar general, 2536 nafar boshqa ofitserlar, 31 116 serjant va boshqa askarlar ishtirok etdilar.
Xuddi shu kuni kech soat o‘n birda zenitchilar tomonidan ko‘tarilgan 100 ta aerostatlardan 20 ming raketalar zalp bilan uchirildi.

Osmonda projektorlar nuri ostida paydo bo‘lgan “G‘alaba” ordeni aks etgan mato bayram kulminatsiyasiga aylandi.

Ertasi kuni, 25-iyunda Katta Kreml saroyida G‘alaba paradi ishtirokchilari sharafiga ziyofat uyushtirildi.

Moskvada bo‘lib o‘tgan tantanali bayramdan so‘ng, Sovet hukumati va Oliy qo‘mondonlikning taklifiga binoan 1945-yilning sentabr oyida Berlinda ittifoqchi kuchlarning kichik paradi o‘tkazildi. Unda sovet, amerika, ingliz va fransuz qo‘shinlari ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0