"Paradga kelganingiz uchun rahmat": Putin Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin o‘zbekistonlik harbiylarning G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan Paraddagi ishtirokini "bu bizning strategik sherikligimizning ko‘zga ko‘rinarli belgisi", deya baholadi.

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oliy darajadagi muzokaralar davomida O‘zbekiston yetakchisiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

"Hurmatli Shavkat Miromonovich, sizni ko‘rib turganimdan behad xursandman. G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali tadbirlarga, Paradga kelganingiz uchun rahmat. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining 75 nafar harbiylari ertaga Moskvadagi Qizil maydonda o‘tishidan mamnunman", - dedi Rossiya yetakchisi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "birinchi bor", deya bu gapga aniqlik kiritib o‘tdi.

Putin harbiylarning paraddagi ishtirokiga "bu bizning strategik sheriklik munosabatlarimizning yaqqol namoyishidir", deya baholadi.

Putinning aytishicha, u O‘zbekiston prezidenti 9-may kuni Toshkent shahrida G‘alaba parkini ochganidan boxabar.

Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi G‘alaba paradida qaysi davlatlar rahbarlari ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston xalqi G‘alabaga qo‘gna ulkan hissasini, O‘zbekiston evakuatsiya qilingan ikki millionga yaqin insonlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilganini, evakuatsiya qilingan korxonalarning aksariyati O‘zbekistonda joylashtirilganini yodga oldi.

Mirziyoyev o‘z navbatida, Vladimir Putin va butun Rossiya xalqini ulug‘ ayyom bilan tabrikladi.

"Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy g‘alabamiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev. Toshkentdagi G‘alaba bog‘ining Yodgorlik majmuasi fondini boyitish, shuningdek, O‘zbekiston xalqining G‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida yanada haqqoniy statistik ma’lumotlarni olish maqsadida arxiv materiallarini taqdim etishga tayyorlik namoyish etgani uchun Rossiya tomoniga minnatdorlik bildirildi.

Suhbat chog‘ida strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0