Buxoro viloyati mas’ullari 5,3 mingdan ziyod yoshlarga ish topib berishi kerak

© "Dialog s narodom"Molodej v Buxarskoy oblasti
Molodej v Buxarskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda o‘rganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Buxoro viloyati mas’ullari karantin davrida ish o‘rnini yo‘qotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga o‘z ishini topib berishlari kerak, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonasi.

Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Moskva-Buxoro reysining 10 nafar yo‘lovchisi shifoxonaga joylashtirildi

"Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rni va barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi. Yillik rejaning 85,5 foizdan ortig‘i uddalangani esa dastlabki marra, xolos. Endigi vazifa esa karantin davrida ish o‘rnini yo‘qotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga o‘z ishini topib berishdan iborat", - deyiladi xabarda.

Viloyatdagi ana shunday ishsiz yoshlar, ular bilan ishlashga mas’ul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyat-u salohiyat katta ekani ta’kidlandi.

Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda o‘rganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

Deylik, ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining o‘zida ko‘p qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining o‘zida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod bo‘sh ish o‘rniga ega: qay biriga g‘isht teruvchilar, kimgadir paydvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Promo-rolik goroda Buxari dlya mejdunarodnogo prodvijenie strani - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro ziyoratchi-turistlar uchun qaytadan kashf etiladi

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar o‘rtasida kechdi. Natijada dastlabki kunning o‘zida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish obyektlariga ishga qabul qilindi.

Buxorolik Javohir Arabov ham ayni tog‘ni ursa talqon qiladigan yoshda. Payvandchilikda tajribasi bor, malakasi yetarli. Anchadan beri muqim ish topa olmayotgan Javohir mana endi “Buxoro siti” loyihasi doirasidagi yirik savdo majmuasi qurilishida o‘z ishini topdi.

Darvoqe, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Birgina mana shu "Buxoro siti" tarkibidagi "Karvon shopping" savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0