TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. 25 mart kuni Rossiyadan 604-sonli reys bilan Moskva-Buxoro yoʻnalishida uchib kelgan va samolyot bortida 249 nafar mamlakat fuqarolari aviareys qabul qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, viloyatda mamlakat fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan holda karantin tartib-qoidalari asosida kutib olingan.
“Fuqarolarning 10 nafarida koʻngil aynishi va oʻzlarini holsiz sezish holatlari kuzatilganligi bois zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Qolgan yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazaridan qattiq nazorat oʻrnatilgan.
Eslatib oʻtamiz, 24 mart kuni viloyatga uchib kelgan Moskva-Buxoro reysining toʻrt yoʻlovchisi yuqori harorat bilan shifoxonaga olib ketilgani xabar qilingan edi.