TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Joriy yil 21-23 fevral kunlari Buxoroda ziyorat turizmi boʻyicha birinchi Xalqaro forum boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchixonasiga tayangan holda Kabar agentligi xabar qildi.
Forum ziyorat-turizmi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonni dunyodagi eng yirik ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida tan olinishini taʼminlash, shuningdek, mamlakatni chet el ziyoratchi-turistlariga yanada tanitish va jozibador turistik yoʻnalishlaridan biri sifatida ochib berish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro "Halol" standartlarini joriy etish maqsadida oʻtkaziladi.
Forum ishida olimlar, teologlar, ekspertlar va ziyorat-turizmi sohasidagi mutaxassislar ishtiroki kutilmoqda.
Tadbir ishtirokchilari ziyorat joylar va Buxorodagi ziyorat-turizm obʼyektlari boʻylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, forumda ziyorat-turizmi, ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiya va grantlarni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.
Kutilishicha, forum ishtirokchilari tomonidan islom madaniyati va tsivilizatsiyasi rivojida Oʻzbekiston madaniy-tarixiy markazlari roli toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilinadi va chet ellik sheriklar bilan investitsion shartnomalar tuziladi.