Rossiyadagi eng so‘nggi masofadan boshqariladigan minalashtirish mashinalari haqida

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMashina distansionnogo razminirovaniya "Listva"
Mashina distansionnogo razminirovaniya Listva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy mojarolar - bu avvalambor, texnologiyalar kurashidir. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida jangovar foydalanishning barcha sohalarida jadal o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Rossiya keng yo‘nalishda o‘z qurollarining texnologik ustunligini, shu jumladan, olis masofadan turib minalashtiradigan va minalardan tozalaydigan mashinalarining orbital tizimlar bilan integrallashuvini namoyish qilmoqda.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga va’da berdi

1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad mashg‘ulotlarida 24 ta yangi namunadagi qurol va aslahalar orasida hududni masofadan minalaydigan va minalardan tozalaydigan – "Zemledelie" va "Listva" mashinalari birinchi bor ko‘rinish berdi. Birinchisi "sputnik bo‘ylab" reaktiv zal berish nuqtasidan 15 kilometr masofada aniq minalashtirish xususiyatiga ega, ikkinchisi mashina harakatlanish yo‘nalishidagi 100 metrgacha bo‘lgan masofada yuqori chastotadagi mikroto‘lqinli nurlanish yordamida dushman portlovchi uskunalarini kafolatli yo‘q qiladi yoki zararsizlantiradi. Yangi tizimlar ommaviy ishlab chiqarilmoqda va Rossiya qo‘shinlari tarkibiga kiritilmoqda.

Texnologik taraqqiyot yanada samarali va "aloqasiz" bo‘lib borayotgan jangovar harakatlar taktikasini o‘zgartirib yubormoqda. Rossiya mudofaasi sanoatining ilg‘or ishlanmalari dushmanning quruqlikdagi kuchlarini uzoq masofalarda - bo‘linmalarning bevosita jangovor to‘qnashuvisiz to‘xtatishga, shuningdek, radio to‘lqin orqali boshqariladigan "pistirma" fugas va minalarni uzoq masofada yo‘q qilishga imkon beradi.

Novie snayperskie vintovki K-15 i F-17 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

"Zemledelie"ning hududlarga aniq zarbasi

Mina-portlatuvchi to‘siqlar (MVZ) mudofaa va hujum amaliyotlarida, quruqlikdagi kuchlarning manevrlarini qisib qo‘yish, yuqori tezkor zarba berish guruhlarini ushlab turish yoki havo desantini minalashtirilgan dalalar bilan cheklash uchun, aloqalarni buzish, dushmanning front ortidagi harkatlarini izdan chiqarish, shuningdek, o‘z himoya chizig‘ini va boshqa zaifliklarni kuchaytirish maqsadida ishlatiladi. Bunda minalashtirish aniqligi va tezligi muhim rol o‘ynaydi.

Muhandislik tizimi yordamida masofadan minalashtirish qarori qo‘mondon tomonidan qabul qilingach 10 daqiqadan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Bu butun hududlarni (va dushman pozitsiyalarini) operativ maydondan va jangovar operatsiyalardan "o‘chirib qo‘yish" imkonini beradi. Mina-portlovchi to‘siqlarni o‘rnatishning bu usuli eng xavfsiz va ustamon hisoblanadi, yuqori darajadagi avtomatlashtirish va avtonomlikka ega.

Amerikansi s orujiyem v rukax zashishayut svoy biznes ot maroderov - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaliklar talonchilardan himoyalanish uchun qo‘liga qurol oldi – video

KamAZ (8x8) rusumidagi mashina negizida yaratilgan “Zemledelie” Rossiya muhandislik masofaviy minalashtirish tizimi (ISDM) - har xil turdagi minalarni (piyodalarga va tanklarga qarshi) otuvchi maxsus ishlab chiqilgan, 122 mm raketalar bilan 50 stvolli birdaniga zarba beruvchi qurilmadir. Zamonaviy yuqori samarali o‘q-dorilarning yangi avlodi o‘z-o‘zini yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro shartnomalar talablariga to‘liq javob beradi. Maqsadlarni kutmasdan ma’lum bir vaqtda o‘zini o‘zi yo‘q qiladigan (yoki xavfsiz rejimga o‘tadigan) “navbatchi” to‘siqlarini o‘rnatish imkoni bor.

“Zemledelie” ISDM raketasi o‘q-dorilarni joylashish joyidan 5 dan 15 kilometrgacha masofada “ekib chiqadi”. Yo‘ldosh navigatsiyasi va avtomatik boshqaruvi tufayli minalar aniq belgilangan joyga tushadi. Tizimning avtonom meteostansiyasi "shamolga qarab tuzatishlar"ni qiritadi. Shu bilan birga, o‘t ochishga ma’lumot tayyorlash, hisobdagi nuqtalarga zarba berish va yangi o‘q-dorini to‘ldirish uchun transportni transportni chaqirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Tizim mobil, yuqori yo‘ltanlamaslikka va uzoq vaqt davomida “yakka holda” harakat qilish qobiliyatiga ega. O‘q-dorilarning o‘zi bilan katta miqdorda olib yurishi (reaktiv snaradlar transport-o‘t ochish konteynerlarida joylashgan) xuddi shu g‘ildirakli bazadagi transport-yuklov mashinasi tomonidan ta’minlanadi. Jangovar foydalanish texnologiyasi old tomondan uzoqroqda joylashishini nazarda tutadi, ammo mashinalar kabinasi zirh bilan himoyalangan.

Uchastniki protesta, vizvannogo smertyu afroamerikansa Djordja Floyda, na odnoy iz ulis Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
“Ehtimol, bu ruslar”: AQShning mutlaq quroli buzildi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ISDMlarni 2020-yildan qabul qila boshlaydi. “Texmash” sotib olingan mashinalarning aniq sonini, shuningdek yetkazib berish sur’atlari va shartnoma miqdorini oshkor qilmadi. Umuman, Tulaning “Splav” NPOning ishlanmasi juda yopiqlangan. “Zemledelie” haqidagi ma’lumot materiallari birinchi bor “Armiya-2016” xalqaro harbiy-texnik forumida taqdim etilgan, ammo tizimning tasviri birinchi marta iyun oyida chop etildi.

NATOning asosiy armiyalarining (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya) ham arsenalida masofaviy minalashtirishning aviatsion, reaktiv, artilleriya va muhandislik tizimlari mavjud bo‘lib, ular qisqa vaqt ichida va katta hududlarda minalashtirilgan maydonlarini yaratish imkonini beradi. Mina-portillatish texnologiyalarini takomillashtirish va kurashi uzluksiz davom etmoqda. Rossiyaning mina maydanlaridagi ko‘plab yutuqlarining dunyoda analogi yo‘q.

"Listva" jangovar mikroto‘lqinli quroli

Rossiyada yangi fizik prinsiplarga asoslangan radioelektron qurolni ham parad, ham jangovar yurishda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. “Listva” Masofali minalardan tozalash mashinasi (MDR) 100 metrgacha bo‘lgan mina va fugaslarni aniqlash va portlatish qobiliyatiga ega va dushmanning kutilmagan tuxfalaridan saqlanishga yordam beradi. U Strategik raketa qo‘shinlarida (RVSN) sinovdan o‘tdi.

Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyodagi eng qudratli qurollardan birini modernizatsiya qilishni yakunladi

“Listva” RVSNda 2017-yilda paydo bo‘lgan, ammo G‘alaba paradida birinchi bor ishtirok etadi. Rossiyaning eng maxfiy majmualaridan biri qit’alararo ballistik raketalarni uchirish moslamalari harakati yo‘lidagi portlovchi moslamalarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan.

Yuqori chastotali nurlanish (SVCh) bloki bilan jihozlangan zirhli mashina quruqlikdagi raketa tizimi oldida jangovar patrul marshruti bo‘ylab harakatlanadi va uyali aloqa signallarini yaratib, yo‘lning yon tomonidagi va yo‘ldan ancha masofadagi radio boshqariladigan minalarni portillatadi. Masofadan minalardan tozalash mashinasi metall elementlari mavjud mina-portlovchi moslamalarini aniqlashga, tarkibida elektron komponetlari mavjud muhandislik o‘q-dorilari va portlatish moslamalarini yo‘q qilishga qodir. Ilgari ushbu texnologiya qo‘llanilmagan, ammo bugungi kunda RVSN muhandislik bo‘linmalari tarkibida 150 ga yaqin “Listva” MDR bor.

Zirhli mashina tomida parabolik antenna o‘rnatilgan bo‘lib, u supernurlanish yordamida aniqlangan minani zararsizlantiradi. Yo‘naltirilgan SVCh-puls portillatuvchi va va o‘q-dorilar aloqa tizimlarini ishdan chiqarishga qodir. SVCh- antennaning amal qilish burchagi 90 daraja. Minadan tozalash xududi kengligi 50 metr. Ekipaj hodimlarini elektron nurlanishdan himoya qilish uchun kiyimlari maxsus metall iplar bilan tikib chiqilgan. "Listva"ning aniq xususiyatlari mahfiylashtirilgan, ammo ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, minalarni soatiga 15 kilometr tezlikda harakatlana turib, 100 metrgacha bo‘lgan masofada aniqlashi mumkin. Ishlab chiquvchisi Razandagi “Globus” konstruktorlik burosi, ishlab chiqaruvchisi – Krasnodardagi “Kaskad” asbobsozlik zavodi.

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShni kimoviy quroldan voz kechishga chaqirdi

Agar siz kengroq qarasak, radioelektron qurol masofadan turib tank minorasidagi snaradni portillatishi yoki o‘q-dori yuklov tizimini “qisib qo‘yishi” mumkin, shuningdek, 100 metrgacha chuqurlikda yer tagida yoki boshpana ichidagi dushmanning tirik kuchini yo‘q qilishi mumkin. Bu kabi qurol an’anaviy qurol ishlatmasdan dushman texnikasini zararsizlantirishi mumkin. Elektromagnit nurlanishning ko‘chma generatorlari (EMI) dushman elektronikasini o‘nlab kilometr masofada (osmonda, dengizda va quruqlikda) ishdan chiqarishi mumkin. Ma’lum bir chastotadagi to‘lqinlarining yo‘naltirilgan nurlari elektr jihozlarga bolg‘a kabi ta’sir qiladi. Komputerlar qatidi, yo‘l belgilash tizimlari (navigatsiya) funksiyaliligini yo‘qotadi. Impuls mikrosxemalarni jismonan yo‘q qilishga, ya’ni yoqib yuborishga qodir.

Bir so‘z bilan aytganda, 24-iyun kuni potensial raqib ustidan texnologik G‘alaba Paradi bo‘lib o‘tadi. Biz "SVCh bo‘yicha yuz metrga yugurish" muvaffaqiyatli amalga oshirildi, Rossiyada esa yanada kuchliroq “Gvidon” masofali minadan tozalash vositasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0