Rossiya AQShni kimoviy quroldan voz kechishga chaqirdi

Obuna bo‘lish
AQSh 2007-yilga qadar bu ishni amalga oshirish majburiyatini olgan, ammo shu paytga qadar kimoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha muddatni bir necha marotaba ortga surib kelgan edi.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. AQSh dunyoda kimoviy qurolga ega bo‘lgan oxirgi davlatdir, Moskva Vashingtonni o‘z kimoviy arsenalini belgilangan muddatdan oldin yo‘q qilishga chaqiradi, deb bayonot qildi Kimoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (OZXO) qoshidagi RFning doimiy vakili Aleksandr Shulgin.

Sotrudniki OZXO v shtab-kvartire organizatsii v Gaage, Niderlandi - Sputnik O‘zbekiston
OZXO mojarosi – G‘arbning o‘zidan o‘zi hal bo‘lib ketmaydigan muammolarining aksi

"Biz OZXO oldida turgan eng asosiy masala - kimoviy qurolning barcha e’lon qilingan zaxiralarini to‘liq yo‘q qilinishini hal etishga yanada yaqinlashdik. Bugungi kunda bunday qurol mavjud bo‘lgan birgina ishtirokchi-davlat qoldi, - bu AQSh. Amerikalik sheriklarni kimoviy arsenalni imkon qadar tezroq yo‘q qilish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini chamalab, bu ishni belgilangan muddatdan ilgariroq, OZXO nizomlariga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirishga chaqiramiz", - dedi Shulgin tashkilotning Gaagada bo‘lib o‘tgan 93-Ijroiya Kengashidagi chiqishida.

AQSh 2007-yilgacha bu ishni amalga oshirish majburiyatini olgan, ammo shu paytga qadar kimoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha muddatni bir necha marotaba ortga surib kelgan edi.

Oxirgi marta amerika hukumati zaxiralarni 2023-yilga kelib yo‘q qilishga va’da bergan.

"O‘ylashimizcha, bunday vazifani ular bajara oladi, chunki AQSh buning uchun yetarli moliyaviy, moddiy, insoniy va texnologik resurslarga ega", - dedi Shulgin.

Rossiya 2017-yilning sentabrida o‘zida bor kimoviy qurolni yo‘q qilgan.

Yangiliklar lentasi
0