Rossiyada yangi sanksiyalardan so‘ng "Shimoliy oqim 2"ni qurib bitkazish imkoniyatini baholashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblasti
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunoslar va ekspertlar "Shimoliy oqim-2" gaz quvuriga qarshi sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining AQSh Senatiga kiritilishiga izoh berishdi.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Rossiya parlamentariylari ta’kidiga ko‘ra, Vashington loyihani amalga oshirishni murakkablashtirishga va o‘z manfaatlarini yevropalik hamkorlardan ustun qo‘yishga urinmoqda. Bayonotning muhim qismi RIA Novosti materialida.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Polshada “Shimoliy oqim-2” aktivlarini hibsga olishni xohlab qolishdi

"Behayolik va noqonuniylik"

Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachov quvurlarni o‘tkazish ishlariga javlb qilingan kemalarga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalariga qarshi kiritilgan sanksiyalarni "behayo va noqonuniy" deya atadi.

"Ushbu qonun loyihasi tashabbuskori, senator Ted Kruzning yuzsizligi darajasi hayratga soladi. U gaz quvurini "AQSh milliy xavfsizligiga jiddiy xatar", deya baholagan. Baltika qayerda-yu, AQSh qayerda?", - dedi Kosachov RIA Novostiga bergan izohida.

Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda ham, Rossiya o‘zining yevropalik sheriklari bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda davom etadi, deya qayd etdi u. Kosachovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Germaniya va Yevropa ittifoqi a’zolari bo‘lgan boshqa sherik davlatlar bilan kelishilgan o‘z rejasiga muvofiq harakatlanishda davom etadi.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

Shu bilan birga, "Shimoliy oqim-2"ni yakuniga yetkazish uchun yevropalik sheriklar va gaz iste’molchilari tomonidan javoban tushunish talab etilishini ham qo‘shimcha qildi.

AQSh manfaatlarini ilgari surish

O‘z navbatida, senator Oleg Morozov yangi sanksiyalar quvur qurilishini qiyinlashtirishi mumkinligini, biroq Rossiya har qanday sharoitda ham bu loyihani amalga oshirish imkonini topishini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning fikricha, "Shimoliy oqim-2" yotqizilishi yakuniga yetishi uchun yevropalik sheriklar va gaz iste’molchilari tomonidan ham tushunish talab etiladi.

Morozov prognoziga ko‘ra, juda ko‘p narsa yevropaliklarga va ularning o‘z manfaatlarini AQSh siyosiy ambitsiyalari va tijoriy manfaatlaridan ustun qo‘ya olishi layoqatiga bog‘liq bo‘ladi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qarshi emas. Rossiya kemasi "Shimoliy oqim-2"ni qurib bitkazadimi?

"Shu narsa ayonki, amerikaliklar bu yerda yevropaliklar manfaatlariga zid ravishda o‘zi uchun biznes ustuvorlikni izlamoqda", - deya ishora qildi senator.

Vashington diktaturasi

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy AQSh qonun loyihasini sharhlar ekan, amerikalik senatorlarning ushbu tashabbusi faqat iqtisodiy manfaatlarga asoslanganini qayd etdi.

"Shimoliy oqim-2"ga qarshi sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun, avvalgi cheklovlar kabi, AQSh uchun adolatsiz raqobatni ta’minlashga qaratilgan", -  dedi RIA Novosti suhbatdoshi.

U eksterritorial sanksiyalar mutlaqo noqonuniyligini va u xalqaro huquqga daxldor emasligini qo‘shimcha qildi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi sanksiyalari YeIni suverenitetidan mahrum qiladi

"Umid qilamanki, yevropalik hamkorlarimizning Vashington diktatiga uchmaslikka kuchi va ongi yetadi", - deya umid bildirdi Sluskiy.

Rossiya loyihani yakunlashga tayyor

Siyosatshunos Andrey Suzdalsevning fikricha, AQSh xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlab olish uchun loyihaning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishga urinmoqda.

"Vashington haqiqatan ham Yevropani, ayniqsa, uning energetika sektorini nazorat qila olishi so‘roq ostiga olinmoqda", - deya izoh berdi u.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, AQSh quvurning oxirgi yuz kilometrini tugatishga yo‘l qo‘ymaslik uchun bahona topish ilinjida "ulkan ishlarni" amalga oshirdi. Shu bilan birga, Suzdalsev, Moskva gaz quvurini albatta yakunlashiga ishonch bildirdi.

Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Forbes "Shimoliy oqim — 2"ga qarshi kiritilgan sanksiyalarga baho berdi

"Rossiya tayyor turibdi: quvurni yotqizish ishlariga jalb qilingan kema, allaqanday sanksiyalar qo‘rqinchli bo‘lmagan jamg‘armalardan birida ro‘yxatga olingan", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi

Avvalroq "Shimoliy oqim-2" ga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSh Senatiga kiritilgan edi.

Bu qonun, quvur qurilishida ishlayotgan kemalar uchun anderrayting, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarga nisbatan cheklovlarni ko‘zda tutadi. Hujjatni ikkala partiyadan beshta senator, shu jumladan, Texaslik nufuzli senator Ted Kruz qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, qurilish ishtirokchilarini sinovdan o‘tkazish, nazorat va sertifikatlash ishlarini olib boruvchi firmalar ham sanksiyalar ostida qolishi mumkin.

Kuni kecha Bloomberg agentligi hujjat va senator Kruzga tayanib, loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan har kim zudlik bilan jiddiy cheklov choralariga duch kelishi haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0