Forbes "Shimoliy oqim — 2"ga qarshi kiritilgan sanksiyalarga baho berdi

© Nord Stream 2 / Mediabankka o‘tishPodgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive
Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shimoliy oqim — 2" Ukraina uchun hamisha tarsaki bo‘lgan", - deya qayd etiladi amerika nashri e’lon qilgan maqolada.

TOShKENT, 31 dek – Sputnik. Amerikaning Forbes nashri "Shimoliy oqim — 2" loyihasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar quvur o‘tkazgich qurilishiga to‘sqinlik qilmaydi, deb hisoblaydi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
Shvetsariya kompaniyasi 160km qolganda “Shimoliy Oqim-2”ni qurishni to‘xtatdi

Nashr ta’kidiga ko‘ra, AQSh cheklov choralarini kiritishga bir yilga kechikkan.

"Shimoliy oqim — 2" Ukraina uchun hamisha tarsaki bo‘lgan", - deya qayd etiladi maqolada.

Shu bilan birga nashr, Ukraina energetika bozoriga gaz tranziteri sifatida qaytganida, AQSh rossiya gazi importiga qarshi dalillarning biridan mahrum bo‘lishiga, o‘shanda Qo‘shma Shtatlar Yevropada o‘zining suyultirilgan tabiiy gazini o‘tkazishda katta qiyinchiliklarga duch kelishiga e’tibor qaratgan.

"Bu juda kuchsiz va o‘ta kechikkan sanksiyalardir. Ular hatto Rossiya dushmanlariga ham ma’qul bo‘lmaydi", - deb hisoblaydi nashr.

"Shimoliy oqim - 2"

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirg‘og‘idan Boltiq dengizi bo‘ylab Germaniyagacha tortilgan, umumiy quvvati 55 milliard kubometr gazni yetkazib beradigan ikkita quvurni qurishni nazarda tutadi. Uni 2019-yilda qurib bitkazish rejalashtirilgan. Quvur Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlari yoki maxsus iqtisodiy hududlari orqali o‘tadi.

Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
Novak: sanksiyalar “Shimoliy oqim-2”ni qurishga to‘sqinlik qila olmaydi

Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadlarni yo‘qotishdan qo‘rqqan Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari, shu jumladan Polsha, Latviya va Litva, shuningdek o‘z suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida o‘tkazishga urinayotgan AQSh "Shimoliy oqim-2" loyihasiga qarshi chiqib, bu loyihani faol tanqid qilib kelmoqda. Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi o‘tgan yil dekabr oxirida "Shimoliy oqim - 2" va "Turk oqimi" quvur o‘tkazgichlariga qarshi sanksiyalar kuchga kirgani haqida xabar bergan edi.

Vashington gaz o‘tkazgichlarni qurish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalardan qurilishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.

Loyiha Germaniya, Avstriya va Norvegiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu davlatlar hukumatlari ko‘plab marotaba "Shimoliy oqim - 2" Yevropa energetika xavfsizligini mustahkamlashi kerakligini ta’kidlashgan. Undan tashqari, Yevropa ittifoqi rahbariyati amerika cheklov choralari kiritilishini qoralab chiqqan edi.

Ilgariroq, bosh vazir Dmitriy Medvedev "Shimoliy oqim - 2" sanksiyalarga qaramasdan qurib bitkazilishiga ishonch bildirdi. Energetika vazirligi rahbari Aleksandr Novak so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2020-yilning oxiriga qadar ishga tushiriladi.

Yangiliklar lentasi
0