Polshada “Shimoliy oqim-2” aktivlarini hibsga olishni xohlab qolishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblasti
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polsha davlat aktivlari vazirining o‘rinbosari Yanush Kovalskiy “Gazprom” sud ajrimiga binoan o‘z majburiyatlarini bajaramasa, Varshava “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri aktivlarini hibsga olishga harakat qilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Agar Polshaning PGNiG kompaniyasi “Gazprom”dan Stokgolm arbitrajiga binoan mablag‘ undira olmasa, Varshava “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri aktivlarini hibsga olishga harakat qiladi. Bu haqda Polsha davlat aktivlari vazirining o‘rinbosari Yanush Kovalskiy Wprost nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mart oyining oxirida PGNiG Yamal shartnomasi bo‘yicha Stokgolmda “Gazprom”ga qarshi sud ishida yutib chiqqanini ma’lum qildi. Shu bois Polsha shirkati hisobiga go‘yoki olti milliard zlotiy (taxminan 1,43 milliard dollar) to‘lanishi shart. Biroq "Gazprom Eksport"ning ma’lum qilishicha, ular hali ham arbitraj qarorini ko‘rib chiqmoqdalar va kelgusidagi to‘lovlar miqdoriga aniqlik kiritish hali erta deb hisoblaydilar.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

Kovalskiyning fikricha, Varshavada "Gazprom"dan bu mablag‘larni undirib olish uchun "yuridik vositalar" mavjud.

“Avvalambor “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” kompaniyalari aksiyalarini hibsga olish kerak. Bu o‘z navbatida ushbu gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ini qurish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Ikkinchidan, "Gazprom"dan bizga tegishli bo‘lgan olti milliard zlotiyni undirish maqsadida, har qanday imtiyozlardan voz kechish kerak",- dedi u.

Avvalroq PGNiG “Gazprom”ni Stokgolm arbitrajining talablariga rioya qilmaganlikda ayblab, Yevropa komissiyasiga murojaat qilish bilan tahdid qilgan edi.

1996 yildagi Yamal shartnomasi Polshaga yiliga o‘n milliard kubometrgacha Rossiya gazini yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Shartnoma 2022-yilgacha amal qiladi. 2012-yilda ushbu shartnoma bo‘yicha Polsha uchun gaz narxi o‘n foizga tushirildi. 2015-yilda PGNiG Stokgolm arbitraj sudiga narxning bozor holatiga mos kelmasligini ro‘kach qilib, yana bir qiymatni pasaytirish to‘g‘risida sudga da’vo kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0