O‘zbekistonda koronavirus: 4-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na antitela k koronavirusu
Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 3 087 nafarga yetdi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Model v grimernoy - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

Bir sutka davomida 35 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 909 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 3 087 nafar.

Ayni paytda 822 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Chegarada to‘plangan fuqarolar

Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.

Bu masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mejdunarodniy aeroport Sochi v Adlere - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro aviakompaniyalar yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotni O‘zbekiston DXXga taqdim etadi

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. Maxsus komissiya qarori to‘g‘risida alohida ma’lumot beriladi.

Uyga qaytganlar

UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi O‘zbekistonga olib kelindi. Qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtirildi.

Turizm tiklanishi

O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Avval ichki turizm, keyin hududiy turizm va pandemiya vaziyatini hisobga olgan holda tashqi turizm tiklanadi.

molitvenniy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Masjidlar ochilishi sanasiga aniqlik kiritildi

2020 yilning 1-iyunidan O‘zbekistonning “yashil” va “sariq” hududlarda ichki turizm qayta tiklandi. Shu sanadan e’tiboran ko‘rsatilgan hududlarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros obyektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.
Bu haqda batafsil bu materialda.

Test sinovlari

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi. Bu yil 1 million 270 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan).

Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi sabab bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Karantin yumshatilishi: bozor va bog‘chalar

15 iyundan "yashil" va "sariq" hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, buyum bozorlari va bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi.

 Ekspress-testi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassislar: COVID-19 vaksinasini birinchi bo‘lib kim olishi haqida gapirish hali erta

Avtobus

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi. Haydovchilar qo‘lqop va niqoblar bilan ta’minlashini lozim. Ularni muntazam o‘z vaqtida almashtirishlari shart.

Masjid

Diniy muassasalar, masjidlar 2020-yil 8-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlaydi.

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya meyorlariga qat’iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. AQShning Xopkins universitetiga malumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi, 386 ming kishi vafot etdi.

BSSTning ma’lumotiga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 6,2 milliondan oshdi, 380 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0