Dunyoda

Chechenistonda geylar taʼqibga uchraganmi? AQSH tekshirishga qaror qildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Amerika Qoʻshma Shtatlari LGBT-hamjamiyati huquqlari poymol etilganmi-yoʻqmi aniqlash maqsadida, YEHXT orqali Chechenistonda tekshiruv oʻtkazmoqchi

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. AQSH Chechenistonda inson huquqlari buzilganligi bilan bogʻliq xabarlarni tekshirish uchun Moskvadagi OBSE mexanizmiga qoʻshildi, deb xabar qildi juma kuni jurnalistlarga AQSH Davlat departamenti vakili oʻrinbosari Robert Palladino. RIA Novosti xabariga asosan.

Miting LGBT-soobщestva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Geylarga erkinlik yoʻq" - Oʻzbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

"Bugun Venada Qoʻshma Shtatlar inson huquqlari poymol etilgan degan jiddiy havotirda juda kam qoʻllaniluvchi diplomatik harakatni amalga oshirdi: u Moskvadagi mexanizmni faollashtirgan holda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining 16 davlatdan iborat koalitsiyasiga qoʻshildi. Bu Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida rasmiy xalqaro missiya ish boshlaganini anglatadi. Missiya Chechenistonda inson huquqlari poymol etilishi va taʼqiblar bilan bogʻliq xabarlarni oʻrganadi”, - dedi u.

Xususan, uning soʻzlariga koʻra, LGBT-hamjamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va nodavlat tashkilotlari xodimlari taʼqib obʼyektlari boʻlishgan.

"Xalqaro hamjamiyatning koʻplab marotaba bildirgan havotirlari va masʼuliyatli boʻlishga chorlovlariga Rossiya aniq javob bermadi. Shu bois, ushbu harakatlar yordamida Rossiya tomonidan inson huquqlari poymol etilib, taʼqiblar boʻlganini fosh etish maqsadida maʼmuriyat YEXHT maydonida yevropalik sheriklar bilan ishni davom ettiradi”, - deb qoʻshimcha qilgan Palladino.

Miting LGBT-soobщestva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikistonda 350 dan ortiq noanʼanaviy jinsiy hayot kechirayotganlar hisobga qoʻyildi

Moskva mexanizmi muayyan bir davlatda inson huquqlari sohasidagi vaziyat boʻyicha ish olib borish uchun ekspertchilar va dokladchilar missiyasi tashkil etilishini nazarda tutadi. Ekspert va maʼruzachilar tegishli mamlakat yoki missiya tashabbuskor-davlati fuqarolari yoki rezidentlari orasidan tayinlanishi mumkin emas.

2017 yilning aprel oyi boshida "Novaya gazeta" nashrida Chechenistonda noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan aholining yoppasiga qoʻlga olingani haqidagi maqola chop etilgan edi. Checheniston rahbari matbuot-kotibi Alvi Karimov nashr chop etgan maʼlumotlarni rad etdi, Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ham Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tomonidan prezident Vladimir Putin bilan boʻlgan muloqotda taqdim etilgan geylarga nisbatan hech qanday taʼqib yoʻqligi toʻgʻrisidagi axborotga ishonmaslik uchun biror asos yoʻqligini aytgan edi.

RF inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgani uchun goʻyoki repressiyaga yoʻliqqan kishilar ismlarini nashrdan olgani va Tergov qoʻmitasi rahbariga murojaat yoʻllagani toʻgʻrisida maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0