TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Kanadaning Toronto shahrida landshaft dizayneri Brus Makartur geylar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 8 nafar kishini o‘ldirganligini tan oldi.
Qotilliklar 2010-2017 yillar davomida sodir etilgan. Biroq asosiy gumonlanuvchini o‘tgan yilda qo‘lga olishga erishildi. So‘nggi o‘ldirilgan shaxsning telefonidagi eslatma ilovasida “Brus” so‘zi yozilganligi aniqlangan.
The Globe and Mail nashri yozishicha, bu belgilar tergovni Brus Makartur tomonga olib keldi.
Video kuzatuv kameralari o‘lgan odam ayblanuvchining mashinasiga o‘tirganligini ko‘rsatdi. Ushbu mashinada politsiya avval yo‘qolgan 4 nafar shaxsning DNK izlarini topishgan. Makarturning uyida esa o‘ldirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan zargarlik buyumalar, estalik sovg‘alar borligi aniqlangan.
O‘ldirilgan shaxslar orasida – ayblanuvchining tanishi, migrantlar, qochoq va uysiz kishi bor.
Bularning ko‘pchiligi bedarak yo‘qolgan. Jasadlar 67 yoshli bog‘bon qo‘lga olingandan so‘ng topildi. Qidiruv vaqtida bog‘bon ikki marta so‘roq qilindi.
Birinchi marta bog‘bon aloqadorligi haqida 2013-yilda ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. O‘sha vaqtda politsiya 3 nafar shaxs yo‘qolganligi bilan shug‘ullangan.
Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning do‘stlari Brus Makarturning yo‘qolgan shaxslardan biri bilan ishqiy munosabatlari bo‘lganligini bildirishgan.
Uch yildan so‘ng Makartur yana so‘roq qilinadi.
Keyinchalik politsiya Makarturning yotoqxonasida skoch, jarrohlik qo‘lqopi, qora arqon va shpris solingan sport sumkasi aniqlandi.
Daily Mail nashri yozishicha, 7 nafar shaxsning jasadlari katta gul tuvaklarda, 8-chi shaxsning jasadi bog‘bon ishlagan uy orqasidagi jarlikda topildi.
Har bir qotillik uchun Brus Makarturga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
Ayblanuvchi muddatidan avval ozodlikka chiqish haqida so‘rovni faqat 25-yildan keyin berishi mumkin, o‘sha vaqtda unga 90 yosh bo‘ladi.