AQSh razvedkasi Rossiya va Xitoyni asosiy tahdidlar ro‘yxatiga kiritdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Vashington
Goroda mira. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh kontrazvedka va xavfsizlik milliy markazi 2020-2022 yillar uchun mo‘ljallangan strategiyani e’lon qildi. Unda Rossiya va Xitoy asosiy tahdidlar ro‘yxatiga kiritildi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Rossiya va Xitoy AQSh razvedkasining asosiy tahdidlar ro‘yxatiga kiritildi. AQSh kontrazvedka va xavfsizlik milliy markazi 2020-2022 yillar uchun mo‘ljallangan strategiyani e’lon qildi.

Raspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov LUKOYL-II - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh sanksiyalaridan unumli foydalandi - Die Welt

Idora mamlakatni nishonga olgan o‘yinchilar soni oshmoqda deb hisoblamoqda.

“Rossiya va Xitoy butun dunyo bo‘ylab harakat qilishadi, AQShga qarshi milliy kuchning barcha vositalaridan foydalanadilar hamda zamonaviy katta razvedka imkoniyatlariga ega”, - deyilgan hujjatda.

Tahdidlar sifatida Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, “Hezbollah”, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi* va “Al-Qoida”, shuningdek transmilliy jinoiy tashkilotlar qayd etilgan.

Hujjat mualliflari ma’lumlariga ko‘ra, yuqorida tilga olingan o‘yinchilar murakkab vositalar, shu jumladan, biometrik qurilmalar, avtomnom tizimlar, va yuqori aniqlikdagi vositalar, zamonaviy  shifrlash va kuzatuv mexanizm va tahlil bazalarga ega.

Xorijiy razvedkalarning maqsadi AQShning ko‘plab vazirlik va idoralar, laboratoriya, moliya sektori, sanoat korxonalariga qaratilgan.  

Strategiyada aytilishicha, chet el razvedkasining ba’zi harakatlari muhim infratuzilma va harbiy obyektlar ishdan chiqarishga qaratilgan.

Avvalroq AQSh Oq uyi 2021 moliyaviy yil uchun budjetni e’lon qilgandi, unda ham Rossiya va Xitoy asosiy tahdid sifatida belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0