"O‘z yurtini o‘zlari himoyalasin": Tramp Afg‘onistondan amerika qo‘shinini chiqarishga chorladi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprel oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maslahatchilari bilan suhbatda Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari to‘liq tarkibda olib chiqib ketilishini deyarli har kuni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOShKENT, 27-may – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp amerika askarlarini vatanga qaytarishga chorlamoqda. Trampga ko‘ra, afg‘onlar o‘z mamlakatlarini o‘zlari himoyalashi lozim bo‘lgan vaqt keldi.

Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" a’zolari ozod qilindi

"Afg‘onistonda o‘zimiz o‘ylayotgan singari jangovar kuch emas, politsiya sifatida harakat qilmoqdamiz. Oradan 19-yil o‘tib, ular (afg‘onlar - tahr.) o‘z mamlakatlarida politsiya xizmatini o‘zlari olib boradigan vaqt keldi. Bizning askarlarimizni uyga qaytaring, lekin ro‘y berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzating, agar zarurat bo‘lsa, avvalgidan ham shiddatliroq kurash olib boring", - deb yozgan Tramp Twitterda.

Aprel oyi oxirida NBC telekanali o‘z manbasiga tayangan holda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maslahatchilari bilan suhbatda deyarli har kuni Afg‘onistonda koronavirus epidemiyasi avj olishi mumkinligi havotirida amerika qo‘shinlari mamlakatdan to‘liq tarkibda olib chiqib ketilishini talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Fevral oyining oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va "Tolibon" radikal harakati 18-yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitim izoladilar. Bitim 14 oy mobaynida Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari to‘liq chiqarilishini va mart oyida o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0