Bunaqasi bo‘lmagan: koronavirus tufayli suyultirilgan gaz narxi keskin tushib ketdi

© LEX VAN LIESHOUT / ANP / AFPGazoviy super tanker
Gazoviy super tanker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir hafta ichida suyultirilgan gaz narxi 30 %ga quladi, bunga birinchidan Xitoydagi koronavirus sabab bo‘lsa, ikkinchidan qishning issiq kelishi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Osiyo bozorida suyultirilgan gaz (LNG) narxi keskin tushib ketdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

“Bir hafta ichida narxlar keskin qulay boshladi. Bu misli ko‘rilmagan favqulodda vaziyatdir. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan”, - deydi Singapurlik birja savdogari.

Bugun ertalabki savdoda LNG narxi 1mmBtu (Britaniya termal birligi) -  3 $narxda sotildi. Bu ushbu yonilg‘ining o‘tgan yilgidagi narxiga nisbatan 50 % kam. Reuters xabariga ko‘ra, Hindistonga yo‘l olgan kamida bitta tanker ana shunday narxda sotilgan. Bu bir haftada suyultirilgan gaz narxi 30%ga pasaydi degani.

Gaz tashiydigan supertanker - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropaga birinchi gaz ortilgan supertankerni yubordi

Xitoyning  eng yirik egnergetika kompaniyasi bo‘lgan National Offshore Oil Corporation (CNOOC), o‘tgan haftada favqulodda vaziyat e’lon qilib, suyultirilgan gaz sotib olishdan voz kechgan.

Poten & Partners konstalting kompaniyasi xabariga ko‘ra, 7-fevral holatiga Xitoyga yo‘l olgan kamida 5ta tanker o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Yana 30ga yaqin tankerlarni ana shundan “istiqbol” kutmoqda, deyilgan xabarda.

Fransiyaning Total kompaniyasi xodimi aytishiga qaraganda, Xitoy voz kechgani tufayli, kompaniyaning 1 tankeri yo‘nalishini Singapurga o‘zgartirigan, yana 4ta tankeri vaziyat yaxshilanish ilinjida, yurish tezligini sekinlatgan. CNOOC – yana bir yirik gaz yetkazib beruvchi xabariga ko‘ra, Xitoy yana bir necha tankerlarni keyinga qoldirishni so‘ragan.

O‘zbekneftegaz binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘ztransgaz va Hyundai BS&C hamkorlikda suyultirilgan gaz uchun ballonlarni ishlab chiqaradi

Rystad Energy konstalting kompaniyasi xulosasiga ko‘ra, Xitoyda suyultirilgan gazga bo‘lgan talab kamida 4,7 %ga qisqaradi.

Bunday vaziyatda suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilar uchun eng asosiy vazifa – imkon qadar tezroq mahusulotga yangi xaridor topishdir. Bunday xaridorlardan biri Hindiston bo‘lishi mumkin edi, lekin u yerda gaz tarqatish tizimi sust rivojlangan.

Yevropa esa 2019-yil oxirida, qish mavsumidan oldin o‘z gaz omborlarini liq to‘ldirib olgan edi. Shuning uchun ular ham qo‘shimcha gaz hajmlarini qabul qila olmasa kerak.

Navbatda Yaponiya va Janubiy Koreya - JERA va KOGAS ushbu vaziyatdan foydalanib qolishlari mumkin. Lekin bu yil qishning issiq kelishini hisobga olganda, ularda ham gaz iste’moli unchalik yuqori bo‘lmasa kerak.

Yakuniy xulosa shundan iboratki, suyultirilgan gazning nisbatan past narxi, ko‘plab eksport loyihalarini cheklab qo‘yishi mumkin. Chunki bozorda narxlar past bo‘lganda aksariyat loyihalarni iqtisodiy asoslash murakkab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0