O‘zbekistonda koronavirus: 26-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 29 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2 636 nafarga yetdi.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Bir sutka davomida 92 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 281  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 29  nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  2 636 nafar.

Ayni paytda 644 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ahvoli og‘ir — 2 nafar. O‘ta og‘ir — 1 nafar.

Karantin choralari kuchaytiriladi

Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikada ko‘payganligi qayd etilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

"Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo‘qqa chiqarishi mumkin", - deb ta’kidlagan davlat rahbari.

Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda aniqlangan koronavirus holatlari 3260 tadan oshib ketdi

Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolar soni 47 mingtani tashkil etmoqda. Ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan. 

Bemorlarning qariyb 50 %ni xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi. 

Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqib, karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritadi.

Prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi "qizil" va "sariq" hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi, bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi ko‘p joylarda nazorat testlar olishni ko‘paytirishi haqida topshiriq berdi.

Ekspress usulda tekshirish

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov respublikda qachon ekspress usulda koronavirusga tekshirish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Ekspres testlarning aksariyati koronavirus kasalligi bilan kasallanib sog‘ayganlar qonida mazkur virusga qarshi antitelolar paydo bo‘lganligini, ularning titrini aniqlashga qaratilgan.

Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Jazirama issiq O‘zbekistonda koronavirusni to‘xtatadi - virusolog

Respublikadagi laboratoriya tashxisoti standartlarida ham ekspress usulda tekshirish mavjud.

Yaqin kunlarda antitelolarni aniqlash maqsadida ekspress testlarda ham tekshirishlar boshlanishi mumkin.

Jazirama “korona”ni to‘xtatadi

Hafta boshidan O‘zbekistonga kirib kelgan issiq ob-havo COVID-19 faolligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimi Xayrulla Mustafayev.

"O‘zbekistonda havo harorati mo‘’tadil yuqori darajalarga yetmoqda. Bunday sharoitda virus rivojlana olmaydi", - dedi Mustafayev. 

Mutaxassis fikriga ko‘ra, koronavirus 5-8 daraja issiqlikda va 60%dan kam bo‘lmagan namlikda yashashi mumkin. Shu sababli virus namlik yuqori bo‘lgan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida paydo bo‘lib rivojlangan. 

"Bizda esa, quruq va issiq ob-havo. Umuman barcha shamollash kasalliklari issiq havo kelishi bilan chekina boshlaydi", - deydi virusolog. 

Pandemiya sirli rasmlarda

Toshkentda InkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan rassom graffitlari Chilonzor devorlarida paydo bo‘ldi.

Rassomning ijod namunalari koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan: tibbiy niqob, farishta qanotli shifokor surati, niqob taqqan Mona Liza, kislorod niqobini ushlab turib, bemorlarga yordam berishga shay turgan shifokor aks etgan “Ko‘z” nomli rasmlar. 

Qo‘shniga yordam

O‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamining navbatdagi partiyasini jo‘natdi. Yordam 24 tonnalik yuk dori-darmonlar, asosan antibiotiklardan iborat.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,6 milliondan oshdi, 348 ming kishi vafot etdi. 2,4 million kishi sog‘aydi.

Yangiliklar lentasi
0