TOShKENT, 26-may — Sputnik. Tojikistonda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 3266 nafarga yetdi. Bu haqda Tojikistonning koronavirus haqidagi yagona milliy portali ma’lumotlari darak bermoqda.
So‘nggi bir kun ichida 166 ta yangi koronavirus holati aniqlangan. Yana bir kishi ushbu kasallik qurboni bo‘lib, qurbonlar soni 47 nafarga yetgan. Shu bilan birga 22 kishi koronavirusdan tuzalib ketgan va ayni damda ularning umumiy soni 1417 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikistonga 24 tonna dori-darmon yuborgani xabar qilingan edi.