"Qiyinchiliklar o‘tib ketadi": Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘z tabrigida "bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman", deya ta’kidlagan.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbari rasmiy saytida e’lon qilingan.

Uzbekskiy plov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - MDHning eng oliyhimmat va saxovatli mamlakati

Ramazoni sharif ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida azal-azaldan alohida o‘rin egallab keladi.

"Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida “Olloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir”, degan ilohiy o‘gitga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil
va birdam bo‘lib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini ko‘rsatganini jahon hamjamiyati e’tirof etmoqda.
Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Asrlar davomida xalqimiz ongida bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni shakllantirishda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning o‘rni va ta’siri albatta beqiyosdir. 

Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan ma’lum qiyinchiliklarni to‘g‘ri tushunib, bu masalaga oqilona yondashgan, ayni vaqtda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bo‘lgan keksayu yosh barcha vatandoshlarimizga shu ulug‘ ayyom kunlarida yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan prezident.

Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24-may kuni nishonlanadi

Davlat rahbari o‘z tabrigida butun dunyo ahli kabi O‘zbekiston aholisi ham koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq mushkul vaziyatni boshidan o‘tkazayotganini eslatib o‘tgan.

"...har qaday tashvish ortida yengillik va yorug‘lik borligini koronavirus kasalligidan sog‘ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimzning katta yordami va ko‘magi bilan o‘z hayotini yangitdan yo‘lga qo‘yib olayotgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar. Shu ma’noda, bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman", - deya ishonch bildirgan Mirziyoyev va har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona yengib o‘tgan olijanob O‘zbekiston xalqi bu sinovlardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib chiqadi, deya qo‘shimcha qilgan.

Ana shunday qat’iy ishonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettirish yo‘lida davrning o‘zi talab etayotgan, biz boshlagan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qo‘ygan ulkan marralarga albatta erishamiz, degan prezident.

Mirziyoyev shuningdek, jahondagi barcha mo‘min-musulmonlarni ham O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilagan.

Yangiliklar lentasi
0