TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Jahon reytingida birinchi o‘rinni Myanma egalladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi Charities Aid Foundation ma’lumotlariga asoslanib.
Ikkinchi o‘rinda – AQSh, uchinchi o‘rinda – Avstraliya. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Yangi Zelandiya va Shri Lanka. Ulardan keyingi o‘rinlarda: Kanada, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, BAA. 11 o‘rinda – O‘zbekiston, MDH mamalkatlari orasida birinchi. 15 o‘rinda – Turkmaniston.
Reytingda ko‘rsatilishicha, O‘zbekistonliklarning 67% — muhtoj bo‘lgan notanish odamga yordam ko‘rsatishga tayor, 62% — doimiy ravishda xayriya fondlariga pul o‘tkazib turishadi, 27% esa – ko‘ngilli ravishda xayriya ishlari bilan shug‘ullanishadi.
O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan boshqa mamalktlar esa ancha orqada qolib ketishgan. Masalan, Qirg‘iziston – 34, Afg‘oniston – 78, Tojikiston – 87, Qozog‘iston – 96, Armaniston va Ozarbayjonlar – 130, 131 o‘rinlarda.
Belorussiya – 100 o‘rinda, Ukraina – 106, Rossiya esa — 126 o‘ringa joylashtirilgan. Eng oxirgi 140 o‘rinda – Xitoy joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, CAF fondining ushbu so‘rovi Gallup kompaniyasining butun dunyo aholisi orasida o‘tkazilgan so‘rovlari natijalariga ko‘ra belgilangan. So‘rovda dunyoning 140 mamlakatidan 148 ming kishi ishtirok etgan.
Mamlakatning reytingdagi o‘rni uch ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymati bilan belgilanadi:
- Xayriya fondlarida to‘plangan mablag‘lar hajmi
- Fuqarolarning xayriya tadbirlarida qatnashishi
- Notanish odamlarga yordam ko‘rsatish
Shuni tan olish kerakki, xayriya ishlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarning ko‘pi – og‘ir iqtisodiy ahvolda. Ushbu reytingning eng yuqori 20ta o‘rinida — faqat 5 ta rivojlangan mamlakat o‘rin olgan. Shundan xulosa qilib aytish mumkin-ki, saxovat va muruvvat darajasi tabiy ofat va boshqa falokatlar bilan bog‘liq.
Masalan, Iroq va Liviyada harbiy mojarolar davom etayotganiga qaramasdan – oliyhimmatlik va saxovat darajasi juda yuqori o‘rinda saqlanib qolgan. 2015-yilda kuchli yer qimirlash sodir bo‘lgan Nepalda ham vaziyat shunday.
Reyting shuni ko‘rsatadiki — fuqaro urushlari, tabiiy ofatlar yuz bergan mamlakatlarda saxovat va oliyhimmatlilik darajasi keskin ko‘tarilar ekan. Faqat qiyinchilkni o‘z boshdan kechirgan odam – ushbu xayriya va muruvvat ishlarining qanchalik muhim ekanini tushunadi.