TOSHKENT, 21 may — Sputnik. 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
“Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkaziladi.