O‘zbekistonda koronavirus: 22-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa sentralnoy rayonnoy bolnisi
Sotrudnitsa sentralnoy rayonnoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida respublika bo‘ylab 56 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizdan oshdi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Dostoyno vstretili medikov okazavshix pomosh Tadjikistanu  - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi

Bir sutka davomida 64 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 56 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  2 463 nafar. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizdan oshdi.

Ayni paytda 552 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 44 455 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Hayit namozi - uyda

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli hayit namozini jamoat joylarda o‘qishni bekor qildi.

V gorode Osh sostoyalas seremoniya peredachi vtoroy partii gumanitarnoy pomoshi Respubliki Uzbekistan Kirgizskoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 248 ming dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

"...2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi, mo‘min-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi. <...> Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bo‘lib o‘qishning iloji bo‘lmaydi", - deyiladi xabarda.

Yopilgan shahar

Samarqand viloyatidagi Juma shahri kirish yo‘li hamda shahar ichidagi bir necha ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Juma shahriga tumanning boshqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Yana bir koronavirusdan xoli hudud

Koronavirusdan xoli hududlar safiga Buxoro viloyati ham qo‘shildi. Bugun Buxoro viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoro viloyatida qayd etilgan 442 nafar bemorning barchasi sog‘aydi.

Uyga qaytgan shifokorlar

Tojikistonlik hamkasblari bilan koronavirusga qarshi hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan o‘zbekistonlik shifokorlari uyga qaytdi. 8 nafar tibbiyot xodimi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Sentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingdan oshdi

Turkiya IVL apparatlari

Turkiya o‘zida ishlab chiqarilgan 50 dona o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini O‘zbekistonga yubordi. Apparat prototipi Turkiyaning 4ta yirik - Arçelik, ASELSAN, Baykar Makine va Biosys kompaniyalari muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qo‘shniga yordam

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 248 ming dollarlik insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Insonparvarlik yordamiga tibbiy krovatlar (440 dona), elektron pirometrlar (1000 dona), himoya kombinezonlari (2500 dona), tibbiy qo‘lqoplar (150 000 dona) va tibbiy niqoblar (150 000 dona) kiradi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,2 milliondan oshdi, 334 ming kishi vafot etdi. Qariyib 2 million kishi sog‘aydi.

Yangiliklar lentasi
0