O‘zbekiston Qirg‘izistonga 248 ming dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

© Posolstvo Kirgizskoy Respubliki v Respublike Uzbekistan V gorode Osh sostoyalas seremoniya peredachi vtoroy partii gumanitarnoy pomoshi Respubliki Uzbekistan Kirgizskoy Respublike
V gorode Osh sostoyalas seremoniya peredachi vtoroy partii gumanitarnoy pomoshi Respubliki Uzbekistan Kirgizskoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Insonparvarlik yordamiga tibbiy krovatlar, elektron pirometrlar, himoya kombinezonlari, tibbiy qo‘lqop va niqoblar kiradi.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir insonparvarlik yordamini jo‘natdi, bu haqda Qirg‘iziston elchixonasi xabar berdi

Topshirish marosimida Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ibragim Junusov, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh viloyatidagi Vakolatli vakili Uzarbek Jilkibayev, vakil devoni va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Insonparvarlik yordamiga tibbiy krovatlar (440 dona), elektron pirometrlar (1000 dona), himoya kombinezonlari (2500 dona), tibbiy qo‘lqoplar (150 000 dona) va tibbiy niqoblar (150 000 dona) kiradi. Umumiy qiymati 248 ming dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 1000 tonna un, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, bir martalik himoya kombinezonlari, respiratorlar, qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, pirometrlar va koronavirus tashxisi uchun sinov tizimlari yetkazildi.

Qo‘shni respublikaga beg‘araz yordamni yetkazib berish, bu safar ham Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0