Sardobaliklarning kredit to‘lovi muddati uzaytirildi

Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, "Xalq banki" tomonidan 4 351 talofat ko‘rgan xonadon egalariga ularga to‘lanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun bank xizmatlariga to‘lov undirilmagan holda yangi plastik kartalar ochib berilgan

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar ko‘rgan aholi yashash punktlarini tiklash va ta’mirlash ishlari faollik bilan olib borilmoqda, deya amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi FVV. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Pochti 60 chelovek postradali ot proriva dambi na vodoxranilishe v Sirdarye - Sputnik O‘zbekiston
"Sardoba" ishi bo‘yicha tergov qanday bormoqda: Bosh prokuraturaning ilk bayonoti

Tiklangan hujjatlar

Bugungi kunga qadar, jami 1 349 fuqaroning biometrik pasportlari tiklangan. Shuningdek, qayta o‘rganish natijasida 1 116 fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 818 ta tug‘ilganlik va 12 o‘lim haqidagi, 291 ta nikoh guvohnomalaring tiklangan.

Bankdagi qarzlar muddati uzaytirildi

Fuqarolarning bank kredit qarzdorliklari ma’lum bir muddatga uzaytirib berildi.

Xususan, talofat ko‘rgan 13 383 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘mining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.

Shuningdek, jami 5 549 nafaqaxo‘rning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Xalq banki tomonidan 4 351 talofat ko‘rgan xonadon egalariga ularga to‘lanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun bank xizmatlariga to‘lov undirilmagan holda yangi plastik kartalar ochib berildi.

Bank tomonidan jami 294 yo‘qolgan plastik kartalar qayta tiklandi.

Ta’mirlash ishlari

Shuni alohida qayd etish kerakki,toshqindan talofat ko‘rgan 541 ta uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13 524 nafar ishchi va 622ta transport vositasi jalb qilingan.

Hududlarni suv toshqinidan hosil bo‘lgan loy va boshqa chiqindilardan tozalash hamda yo‘l jihozlarini qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 158 ta avtotransport va mashina-mexanizmlar hamda 323 nafar yo‘lsoz jalb qilingan.

Likvidatsiya posledstviy ChS v Sardobinskom rayone Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Niderland olimlari Sardoba hodisasi bo‘yicha dastlabki xulosalarini aytishdi

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘li ning 5-26 km oralig‘ida 1879 dona yo‘l o‘rtasidagi ajratuvchi va yo‘l chetidagi himoyalovchi to‘siqlarni qayta tiklash, 2,4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘liga 2475 tonna asfalt-beton yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining jami 77  km, 242dona yo‘l chetidagi himoyalovchi to‘siqlarni qayta tiklash, 31257 m3 tuproq va 14726 m3 qum shag‘al aralashmasi bilan yo‘l asosi va ko‘priklarga kirish-chiqish qismlarini tiklash ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur keng ko‘lamdagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari faol jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv o‘pirilishi ro‘y berdi. Bir necha aholi punktlari suv ostida qoldi, yo‘llar va qishloq xo‘jaligi yerlari zararlandi va vayron bo‘ldi. Hatto Qozog‘istonning janubiy tumanlari ham zararlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vnov posetil Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sardoba suv omborini qurish nega kerak bo‘lgani haqida gapirdi

Olti kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi  (ikki ayol va to‘rt erkak), yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Mansabga sovuqqonlik bilan qarash" va "Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergovchilar tomonidan ro‘y bergan voqeaning to‘rtta versiyasi ko‘rib chiqilmoqda: loyihalash xatolari, qurilish qoidalariga rioya qilmaslik, foydalanish jarayonidagi xatolar va tabiiy ofat.

Yangiliklar lentasi
0