"Sardoba" ishi bo‘yicha tergov qanday bormoqda: Bosh prokuraturaning ilk bayonoti

© InstagramPochti 60 chelovek postradali ot proriva dambi na vodoxranilishe v Sirdarye
Pochti 60 chelovek postradali ot proriva dambi na vodoxranilishe v Sirdarye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi doirasida 10dan ortiq ekspertiza va laboratoriya taxliliy tadqiqotlar tayinlangan. Ombor qurilishida bosh pudratchi sifatida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli "O‘zTemiryo‘lQurilishMontanj" unitar korxonasi qatnashgan.

TOShKENT, 16-may - Sputnik. 2020-yil 1-may kuni "Sardoba" suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 207 moddasi 1-kismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 258-moddasi 2 qismi "b" bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vnov posetil Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sardoba suv omborini qurish nega kerak bo‘lgani haqida gapirdi

Bu haqda bugun Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Xalqaro press klubning Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan jonli efiri davomida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, "Sardoba" suv ombori Hukumatning 2010-yildagi qarori asosida Sardoba, Mirzaobod va Xovos tumanlari hududida barpo etilgan bo‘lib, umumiy sig‘imi - 974 mln. metr kubni tashkil qiladi.

Perimetri - 42 km., to‘g‘on uzunligi - 28 km., maydoni 6 ming 800 gektar.

To‘g‘onning maksimal balandligi - 33 metr bo‘lib, suvning maksimal balandligi - 30 metrni tashkil qiladi.

Obyekt buyurtmachisi- "Sirdaryo qurilish invest" DUK bo‘lib turib, bosh pudratchi sifatida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli "O‘zTemiryo‘lQurilishMontanj" unitar korxonasi qatnashgan.

Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj

Qurilish ishlariga - 28ta sub-Pudratchilar jalb etilgan.

Loyihachi sifatida - "UzGip" MChJ ishtirok etgan.

Loyiha qiymati - 1,2 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Moliyalashtirish manbai - budjet mablag‘lari hisobidan bo‘lgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov quyidagi asosiy tergov taxminlari oldinga surilib, tekshirilmoqda:

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida toshqin oqibatlarini bartaraf etilishi - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba falokatdan so‘ng - fotoreportaj

Birinchisi- loyihalashdagi xatoliklar;

Ikkinchisi - qurilish meyorlariga rioya etmaslik;

Uchinchisi - ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar;

To‘rtinchisi - tabiiy ofat.

Tergov taxminlarini tekshirish maqsadida, dastlabki tergov davomida jami 170 nafardan ziyod shaxslar tergov guruhi a’zolari tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilinib, suv omborini loyihalashtirish, uning qurilishi va ekspluatatsiya qilish jarayonlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar olingan.

Jinoyat ishi doirasida 10dan ortiq ekspertiza va laboratoriya taxliliy tadqiqotlar tayinlangan.

Shu jumladan, suv ombori to‘g‘oni (plotina) - loyihaga mos qurilgani; ekspluatatsiya qoidalariga rioya etilgani; hisobotlarda aks ettirilgan ekspluatatsiya xarajatlari va ularning ishlari haqiqatda bajarilgani; moliyaviy-xo‘jalik hisobotlari to‘g‘ri yuritilganligi tekshirilmoqda.

Predsedatel Komiteta po ekologii i oxrani okrujayushey sredi Zakonodatelnoy palati - Boriy Alixanov - Sputnik O‘zbekiston
Sardobadagi to‘g‘on o‘pirilishi: yozda suv yetadimi, yer ahvoli ne kechadi — ekolog izohi

To‘g‘onning hozirgi holatini o‘rganish, suv va tuproqning fizik xossalarini aniqlash maqsadida taftish va nazorat o‘lchovlari tayinlangan.

Suv ombori qurilishida amalda bajarilgan ishlar, foydalanilgan materiallar sifati va miqdorini aniqlash maqsadida sudga oid qurilish-texnikaviy ekspertiza tayinlangan.

Bundan tashqari, jinoyat ishi bo‘yicha 25 dan ziyod tegishli idora vakillaridan iborat mutaxassislar jalb qilinib, hozirda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Gidrotexnik inshootlarni qurish va ekspluatatsiya qilish sohasi mutaxassislarini jalb qilgan holda butun to‘g‘on ichki va tashqi tomoni ko‘zdan kechirilib, uning faoliyatiga ehtimol ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, tezkor-tergov guruhi hamda Hukumat komissiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va tezkor ma’lumot almashuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlar davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0