Niderland olimlari Sardoba hodisasi bo‘yicha dastlabki xulosalarini aytishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLikvidatsiya posledstviy ChS v Sardobinskom rayone Sirdarinskoy oblasti
Likvidatsiya posledstviy ChS v Sardobinskom rayone Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisobot mualliflari to‘g‘on o‘pirilishini tezkor tahlil qilish va baholash uchun hali erta va bu borada xulosalar sayoz bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tishgan.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Niderlandiyalik mutaxassislar Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishini o‘rganib maxsus hisobot tayyorladilar, deb xabar beradi "Dunyo" AA.

Ushbu hisobot Deltares bilan bog‘liq mutaxassislar guruhi tomonidan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida tayyorlangan va unda asosan tabiiy sabablar hisobga olingan.

"Suv o‘pirilish katta miqdordagi yog‘ingarchilikdan to‘g‘on xaddan tashqari to‘lishi, shamol to‘lqini yoki quvurlar ichidagi eroziya natijasida sodir bo‘lishi mumkin", deyiladi ma’lumotda.

Shunga qaramay, ma’ruza mualliflari to‘g‘on o‘pirilishi tezkor tahlili va baholash hali ertaki, sayoz ekanligini eslatdilar. To‘g‘on o‘pirilishining asosiy jarayonlari va sabablarini tushunish toshqinni chuqur va batafsil baholashni talab qiladi.

Ularning fikriga ko‘ra, muntazam va qo‘shimcha monitoring va tekshirish tizimlarini yaratish, suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash, prognoz qilish, erta ogohlantirish, qarorlarni qabul qilish va boshqarish tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’sirni baholash va favqulodda vaziyatlar rejasi, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va hokazolar, havfga asoslangan tabiiy ofatlarni boshqarish kabi notuzilmaviy choralarni kuchaytirish ham davlat idoralari uchun muhim vazifadir.

Pochti 60 chelovek postradali ot proriva dambi na vodoxranilishe v Sirdarye - Sputnik O‘zbekiston
"Sardoba" ishi bo‘yicha tergov qanday bormoqda: Bosh prokuraturaning ilk bayonoti

Biroq, zarur shart-sharoitlarning aksariyati yaratilib bo‘lgan, faqat ularni ilg‘or bilimlar, ko‘nikmalar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish va kuchaytirish kerak.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv o‘pirilishi ro‘y berdi. Bir necha aholi punktlari suv ostida qoldi, yo‘llar va qishloq xo‘jaligi yerlari zararlandi va vayron bo‘ldi. Hatto Qozog‘istonning janubiy tumanlari ham zararlandi.

Olti kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi  (ikki ayol va to‘rt erkak), yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Mansabga sovuqqonlik bilan qarash" va "Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tergovchilar tomonidan ro‘y bergan voqeaning to‘rtta versiyasi ko‘rib chiqilmoqda: loyihalash xatolari, qurilish qoidalariga rioya qilmaslik, foydalanish jarayonidagi xatolar va tabiiy ofat.

Yangiliklar lentasi
0