Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Senat: YeOIIda ishtirok etishni baholash uchun Rossiya va G‘arb tahlilchilari jalb qilingan

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES
Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Senatning 11-may kuni chaqiriladigan yalpi majlisida YeOII bilan hamkorlik masalasi ham ko‘rib chiqilishi ma’lum bo‘lgan edi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Xalqaro Boston konsalting grupp (BCG) kompaniyasi va E.T. Gaydar nomidagi iqtisodiy siyosat instituti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ishtirok etishini baholash uchun jalb qilingan. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

6 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis Senati ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashqi savdo aylanmasini oshirish, mahsulotlar, tarmoqlar va umuman iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ortishi, mehnat bozorining muvozanatlashuvi va mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tildi.

“Shuningdek, yetakchi xorijiy va mahalliy konsalting kompaniyalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususan, Boston konsalting grupp (BCG), Gaydar instituti, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganilib, tegishli taklif va xulosalar tayyorlandi”, - deyilgan xabarda.

Yelena Kuzmina  - Sputnik O‘zbekiston
Kuzmina O‘zbekistonning YeOIIdagi maqomi haqida: bu foydali tayyorgarlik bosqichidir

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilish ta’siri oqibatlarini baholash uchun O‘zbekiston-Rossiya ishchi guruhi, ekspert guruhlarining tizimli o‘zaro hamkorligi tashkil etildi.

“Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlangan muammolar batafsil o‘rganib chiqildi”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligiga oid masalalar   vazirlik va idoralarning rahbarlari, shuningdek olim va mutaxassislar ishtirokida bir necha marotaba muhokama qilindi. Vazirlar mahkamasi, 19 ta mutasaddi vazirlik va idoralarda tegishli ishchi guruhlar   tuzilib, ular tomonidan iqtisodiy integratsiya masalasida 16 ta yirik tarmoq bo‘yicha tahlil va kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.      

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senatning 11-may kuni chaqiriladigan yalpi majlisida YeOII bilan hamkorlik masalasi ham ko‘rib chiqilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0