Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Kuzmina O‘zbekistonning YeOIIdagi maqomi haqida: bu foydali tayyorgarlik bosqichidir

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishYelena Kuzmina
Yelena Kuzmina  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekistonning afzalliklarini baholadi. Biroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydani kutish kerak emas, chunki bu to‘laqonli a’zolik hisoblanmaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aprel oyi oxirida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kuzatuvchi davlat maqomida qo‘shilishini ma’qulladi. E.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina bu respublika uchun katta qadam ekanligini ta’kidladi, chunki ilgari hech qanday mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlik qilishni xohlamagan edi.

“Kuzatuvchi maqomi ayrim afzalliklarni beradi, ammo baribir u to‘laqonli a’zolik emas. Bu kelgusi integratsiyaga tayyorgarlik bosqichi bo‘lishi mumkin, bu ham qulaylikdir, chunki YeOIIda o‘z sanitariya, texnik va boshqa standartlariga ega", - dedi Kuzmina.

Shuningdek, u YeOIIga a’zo bo‘lgan Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biri ekanligi, bu davlatlar bilan birgalikdagi savdo hajmi Xitoy bilan taqqoslaganda, undan yuqori ekanligini eslatdi.

"O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan ham umumiy manfaatlarga ega, bu faqat savdo-sotiq emas. Bu yerda neft-kimyo, mashinasozlikning ayrim sohalari, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida gap ketmoqda", - deb qo‘shma qildi ekspert.

Kuzmina o statuse Uzbekistana v YeAES: eto polezniy podgotovitelniy etap
Yangiliklar lentasi
0