O‘zbekistonda COVID-19: 7-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 36 taga ko‘paydi - Sog‘liqni saqlash vazirligi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 36 taga ko‘payib, jami 2269 nafarni tashkil qilmoqda.

Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19: bugungi kun asosiy xabarlari

O‘zbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni bo‘yicha 7-chi o‘rinda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishdi. Muloqotda inqirozga qarshi kurashish, shu jumladan, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish, biznesga har tomonlama ko‘maklashish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish borasida ikkala mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Virusolog “korona” infeksiyasining jaziramada tarqalishi xavfini baholadi

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 1656 nafarga yetdi.

Bugunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (14), Toshkent (50), Samarqand (15) viloyatida jami 79 nafar bemor tuzaldi. Ayni vaqtda 603 nafar bemor davolanmoqda. Bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Feyk

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida Respublika maxsus komissiyasi nomidan tarqatilayotgan karantin cheklov tartibini 2020-yilning 25-mayiga qadar uzaytirilgani haqidagi xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Dunyo bo‘ylab tarqalishi

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,7 million ziyod kishi yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 264 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0